Özbekistonda biznes-ta'limning ommalaşişida MFaktor loyihasi alohida örin tutadi. Yoşlar va ayniqsa tadbirkorlar uçun foydali loyiha bugungi kunda ziyoli va ilmli biznesmenlar minbari sifatida tanilib ulgurdi.

Loyiha asosçilaridan biri – Husan Mamasaidov Kun.uz “Business Class” ruknining navbatdagi soni mehmoni böldi.

Suhbatdoşimizni köpçilik akasi Hasan Mamasaidov bilan birgalikda Office Market, Deli va Decos kabi nomdor brend asosçilari sifatida taniydi. Biz körsatuv davomida muvaffaqiyatli tadbirkorning biznesda bosib ötgan yöli, hayotiy tajriba va xulosalari bilan qiziqdik.

“Biznesmenlik qobiliyatini xudo yuqtirgan insonlar köp, lekin agar tadbirkorlik ilmini bilsangiz, biznesingizni kengaytiriş imkoni köproq böladi.

Albatta, xudo baraka bersa, biznesning ilmini bilmasdan ham baraka topgan insonlar köp. Lekin hammaning ham toğasi yo amakisi tijoratdagi inson emas-da.

Biz Hasan akam bilan 1994-1998 yillarda biznes boşqaruvi fakultetida öqiganmiz, u yerda har oy Malaziyadan professorlar kelardi. Marketing, moliya, iqtisodiyot, menejment kabi har xil fanlardan dars olganmiz. 1997 yilda oilaviy biznesimiz – Office Market'ni boşlaganimizda biz olgan nazariy bilimlar va dadamizning hayotiy maktablarini birlaştirganmiz. Natijada, köp kanstovarçilar orasida Office Market bölib ajralib çiqa oldik.

Kanstovar bozoriga kirgan paytimizda, bizdan zörlar köp edi. Biz tört quti ruçka olib boşlaganmiz. “Quyoşli” bozorida işlaydigan yaxşi akalarimiz bor, ular haligaça 3x4 ölçamli dökonda ötirişibdi. Biz ulardan mol olib sotişni boşlagandik... Lekin hozirgi kunda bizning korxonamiz kerak bölsa “Quyoşli”dagi 400ta dökondan kamida 100tasiga tovar yetkazib beradi.

Ya'ni, biznesda ham ilm muhim ekan. Ilmini bilmasangiz, kiçik miqyosda yuraverasiz: qora qozon qaynaydi, “Neksiya”ngiz “Lasetti” böladi, “Lasetti”ngiz “Captiva” bölar, lekin masştablaştiriş uçun ilm kerak.

Biznes ilmi haqida gap ketganda, eng katta muammo – yoşlarimizning köpi rus tili yoki ingliz tilini bilmasligida. Bizning baxtimiz – öz vaqtida ota-onamiz bizga rus tili va ingliz tilini örganiş uçun şaroit qilib berganlar.