Yaponiyaning Xirosima, Fukuoka, Saga, Nagasaki, Kumamoto, Oita va Kagosima prefekturalarida kuçli yomğirlar tufayli ob-havo xavfining eng yuqori darajasi e'lon qilindi va 3 millionga yaqin aholiga xavfli hududlarni tark etiş buyurildi.

NHK telekanalining xabar berişiça, Xirosima prefekturasi ma'muriyati aholi uçun xavflilik darajasi maksimal ekani, yomğirlar “önlab yillar davomida körilmagan talafotlarga olib kelişi” mumkinligidan ogohlantirgan. Bu yerdagi Kitaxirosima şahriga 3 soat içida 140 mm yoğingarçilik tuşgan.

“Öz hayotlaringizni saqlab qoling!”, deb körsatma bergan mahalliy ma'muriyat.

Xavflilikning eng yuqori – beşinçi darajasida odamlarga köçalarda harakatlaniş taqiqlanadi. Aholiga xavfli hududlarni tark etib, evakuatsiya markazlariga keliş buyurilgan.

Avvalroq Kyusyu prefekturasi va Xonsyu orolining ğarbiy qismida yaşovçi 200 ming aholiga xavfsiz joyga köçiş buyurilgan.