2021 yil 5 avgust kuni 2021-2022 öquv yili uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlariga kiriş test sinovlari boşlangan edi.

Davlat test markazi xabariga köra, keça, 13 avgust kuni Andijon, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida test sinovlari yakunlandi.

Respublika böyiça test sinovlari 16 avgust kuni yakunlanadi va tana harorati yuqori bölgan hamda koronavirusga çalingan abituriyentlar uçun 14 kun içida qayta test sinovlari taşkil etiladi.

Avvalroq, Davlat test markazi javob belgilanmagan test topşiriğiga ball berilişi natija xato hisoblanganini anglatmasligini ma'lum qilgandi.