Çirçiqda Havo floti kuni munosabati bilan harbiy havo kuçlari aviaşou namoyiş etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

Bildirilişiça, mamlakatda har yili avgust oyining uçinçi yakşanbasida “Havo floti kuni” nişonlanişi an'ana tusiga kirgan. Uşbu sana oldidan Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa qöşinlari va harbiy havo kuçlari qömondonligi tomonidan Toşkent harbiy okrugi “Çirçiq” poligonida aviaşou ötkazildi.

Aviaparvozlarda havo hujumidan mudofaa qöşinlari va harbiy havo kuçlari qömondoni, general-mayor Ahmad Burhonov ham iştirok etiş barobarida, uçuvçilarning manyovrlarini kuzatib bordi.

Vazirlikning ta'kidlaşiça, sönggi yillar davomida HHM qöşinlari va HHK özining professional mahoratini muvaffaqiyatli mukammallaştirdi. Şaxsiy tarkib tomonidan yangi va zamonaviy zenit raketa komplekslari, köp maqsadli vertolyotlar, zamonaviy harbiy-transport samolyotlari özlaştirildi, taktik aviatsiya parki ta'mirlandi.