«Tolibon» jangarilari Kobulni qölga oldi. Endi ular butun Afğonistonni nazorat qilmoqda. Toliblar 15 avgust tongida poytaxtga yuriş boşlagandi, keçga kelib ular heç qanday qarşilikka uçramasdan şaharni egallab, prezidentlik saroyiga kirişdi. Bungaça bir neça kunlik janglar davomida «Tolibon» mamlakatdagi yirik şaharlar, Qandahor, Hirot va Mozori Şarifni egallaşgandi. Yaqin vaqtlar içida toliblar mamlakatda Afğoniston islom amirligi tuzilgani haqida e'lon qilişi kutilmoqda. Mamlakat 1996-2001 yillarda, toliblar boşqaruvi davrida ham şunday atalardi.

Prezident qarorgohida toliblar bayroği örnatilgan

Afğoniston prezident Aşraf Ğani Ahmadzoy mamlakatdan qoçib ketgan. Dastlab «Aziya-Plyus» naşri u Tojikistonga uçgani, u yerdan uçinçi mamlakatga yöl olişi haqida xabar tarqatgandi. TOLOnews telekanali unga yordamçilari hamrohlik qilayotgani haqida xabar berdi. Keyinroq u Özbekistonga yoki Ummonga uçgani haqida ham xabarlar tarqaldi, ammo bu ma'lumotlar tasdiğini topgani yöq. Ğani toliblar Kobulni jang qilib olmoqçi bölgani, ammo tinç aholi qoni tökilmasligi uçun qurolli töqnaşuvlarning oldini olganini ma'lum qildi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, 16 avgust kuni Qatar poytaxti Dohada toliblar va Afğoniston hukumati rasmiylari örtasida muzokaralar bölib ötişi kutilmoqda. Unda Aşraf Ğani iştirok etiş-etmasligi hozirça noma'lum.

Eronning Tasnim agentligi prezident mamlakatni tark etiş jarayoni aks etgan videoni tarqatgan.

Afğonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay mamlakatda «xaos yuzaga kelişining oldini oliş uçun» Muvofiqlaştiruvçi kengaş tuzilganini ma'lum qilgan. Uning tarkibiga Karzayning özi, Milliy yaraşuv oliy kengaşi raisi Abdulla Abdulla va Afğoniston Islom partiyasi yetakçisi, mamlakatning sobiq boş vaziri Gulbiddin Hikmatyor kirgan. Muvofiqlaştiruvçi kengaşning maqomi aniq emas. Toliblar ötiş davri hukumati tuzilişiga rozi emas va hokimiyat töğridan töğri topşirilişiga erişmoqçi.

Toliblar Kobulda xavfsizlik ta'minlanişini va'da qilib, aholidan xavotirga tuşmaslik va şaharni tark etmaslikni söramoqda.