«Zakovat-Gambit» turniriga taşrif buyurgan şaxmat afsonasi, ayollar örtasidagi mutlaq jahon çempioni va super-grossmeyster Yudit Polgar turnir hamda undagi iştirokçilar mahoratiga yuqori baho berdi.
«Birinçi marta Özbekistondaman va bundan juda xursandman. Turnir ajoyib taşkillaştirilgan. 20 nafar şaxmatçi yoşlar bilan öynaşga muvaffaq böldim, ularning 10 nafari qizlar ekani quvonarli.
Bu yerda bir qator iqtidorli yoşlarni uçratdim, 25 va 26-raqamdagi iştirokçilarning öyini menga juda yoqdi. Ular öyinni köra olişadi. Bilişimça, Özbekistonda köplab şaxmat maktablari bor. Bu meni quvontirdi, çunki Vengriyada bu kabi maktablar köp emas. Mana endi özbekistonlik bolakaylar nimaning evaziga xalqaro musobaqalarda katta natijalarga erişayotganini tuşundim.
Sizlarda jahon çempioni Qosimjonov bor, jahon çempioni böliş oson iş emas. Bu yerdagi bolalar dunyo şaxmat taxtidan hali ança uzoqda. Lekin bu yerda ularni çempionga aylantira oladigan katta ustozlar mavjud», dedi afsonaviy şaxmatçi Polgar xonim.

Şaxmat yulduzlariga qarşi nafaqat şaxmatçilarimiz, balki sport olamida taniqli bölgan şaxmat ixlosmandlari ham öyin ötkazişga muvaffaq böldilar.
«Qiziqarli partiya böldi. Boşida hayajon bosib, bitta muhim figuramni boy berib qöyganimdan söng, öyinim orqaga qarab ketdi. Natijada bosim ostida qoldim. Köpçilik kutganidek, mağlubiyatga uçradim. Lekin men bu yerga natija uçun kelmagandim. Asosiy maqsadim jahon şaxmati va sporti yulduzlari bilan körişiş edi.
Bunaqa imkoniyat oldin bölmagandi. Mana şunday imkoniyatdan foydalanib, nafaqat ular bilan körişiş, balki şaxmat öynaş imkoniyatiga ham ega böldim. Bundan juda ham xursandman», dedi sport şarhlovçisi, Yudit Polgarga qarşi dona surgan Davron Fayziyev.
Turnir yakunlariga köra, öz guruhlarida yuqori poğonalarni egallagan şaxmatçilarga sovrinlar topşirildi. 1-örin sohiblari 50 mln, 2-örin 30 mln va 3-örin egalari 20 mln sömdan pul mukofotlariga ega bölişdi. Şuningdek, qizlar örtasidagi musobaqalarda ajoyib iştirok etgan 4 nafar qiz 20 mln sömdan pul mukofotiga ega böldilar.










