Qaşqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tanqididan söng ayrim tumanlarda hokimlikni örab turgan temir panjaralar olib taşlanmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bundan bir neça kun avval Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev Xalq deputatlari viloyat kengaşida bir qator dolzarb masalalar haqida söz yuritib tuman hokimliklari va davlat taşkilotlari binolarining panjara bilan örab olinganini tanqid qilgandi.

Qayd etilişiça, mazkur tanqiddan söng viloyatdagi ikki tuman: Koson va Şahrisabz tumanlari hokimliklari tegrasidagi temir panjaralar olib taşlanmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, tanqidgaça Çiroqçi, Dehqonobod, Yakkaboğ, Şahrisabz, Kitob va Koson tumani hokimliklari temir panjaralar bilan örab olingan holda edi.