Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar bilan mahalla aholisi o‘rtasida kooperatsiya qo‘llab-quvvatlanadi
Prezidentning “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik sub'yektlari bilan aholi o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotgan va ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan 210 ta mahalla (keyingi o‘rinlarda - "og‘ir" mahalla) aniqlangan. Ularga, Prezidentning 2021 yil 21 iyundagi PQ-5154-son qaroriga muvofiq hamda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari va xonadonlar o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiyani kengaytirish uchun 40 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar ajratilgan.
"Mahallabay" va "xonadonbay" ishlash asosida "og‘ir" mahallalarda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangicha yondashuvni (keyingi o‘rinlarda - "Andijon tajribasi") respublikaning boshqa hududlariga ham tatbiq etish uchun davlat ulushiga ega bo‘lgan tijorat banklariga 100 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar ajratiladi. Ularni alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 7 foiz stavkada ajratadi.
Hujjat bilan respublika hududlari kesimida "Andijon tajribasi" asosida "mahallabay" ishlash tizimi joriy etiladigan mahallalar soni va ajratiladigan resurs miqdori tasdiqlandi.
Tijorat banklari tomonidan kreditlar "og‘ir" mahallalarga biriktirilgan "yetakchi" tadbirkorlik sub'yektlariga bitta mahalla uchun 2 mlrd so‘mgacha miqdorda ajratiladi. Ular kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun 3 yil muddatgacha yillik 10 foiz stavkada ajratiladi. Ularga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kredit summasining 75 foizi miqdorigacha kafillik beriladi.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025