Kun.uz muxbiri xabariga köra, tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita iştirok etayotgan bölsa, hududlarda onlayn tarzda 10 ming nafardan ortiq tadbirkor kuzatib bormoqda. 

Muloqotda sohaga oid tizimli muammolarni bartaraf etiş çora-tadbirlari muhokama qilinadi va tadbirkorlarning takliflari eşitiladi. Tadbir boşida bunday tadbir ilk marta ötkazilayotgani ta'kidlandi.

Prezident bilan oçiq muloqotga tayyorgarlik jarayonida murojaatlarni qabul qiliş muddati bir neça marta uzaytirildi va bu murojaatlar soni juda köp ekanligi bilan izohlandi. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi ma'lumotlariga köra, bugungi kunga qadar 15309 ta murojaat kelib tuşgan va ularning 12 mingdan ortiğida kötarilgan masalalar öz yeçimini topgan.

Prezident öz nutqini yiğilganlarga salom yöllaşdan boşladi va yuqoridagi raqamlarga töxtaldi:

“Tadbirkorlarning muammolari yeçilgani yaxşi, lekin bu vaqtinça bölmasligi kerak. Men hokim, boş vazir bölganimda tadbirkorlarni qanday qanday muammolar qiynayotganini bilganman. Menda ularga yeçim topiş kerak degan armonim bor.

Tadbirkor sezsinki, u hozirgi Yangi Özbekistonning zamini. Beş nafar odam işlatadimi, ön kişiga iş beradimi, u hozirgi islohotlarning islohotçisi. Nima uçun prezident bu muammolar uçun vaqt topadi-yu, hokim ular bilan şuğullanişga vaqt topa olmaydi?! Biz xalqimizni rozi qilamiz desak, tadbirkorlarga kömakçi, yelkadoş bölişimiz, qonunçilikka kerakli özgartişlarni kiritişimiz lozim.

Hali juda köp qonunlarimiz tadbirkorlarga ma'qul emasligini tan olişimiz kerak. Lekin sizlarga şuni aytaman – şoşilmanglar, biz birlaşib bularni albatta hal qilamiz.

Albatta, hamma muammoni bir kunda hal qilib bölmaydi. Muhimi, bizning hal qilişga harakat qilişimiz. Qonun va yana qonun işlaşi kerak. Yaqinda ham tadbirkorlarda “ertalab turib, keçqurun tinç uyimga tinç kelarmikanman”, degan qörquv bor edi.

25 yilda ololmagan GSP+’ni 5 yilda oliş oson emas. Buning uçun qançadan qança işlarni qildik. Buyuk bayramimiz oldidan sizlar bilan uçraşganimiz sababi “Mehr közda” deydilar. Istagim, sizlar bilan örtamizda samimiy muloqot köprigi paydo bölsin.

Joylardagi rahbarlar faqat xalq uçun xizmat qilişi kerak. Çunki menga şu xalq bergan vakolat bilan men ularga vakolat berganman”, dedi davlat rahbari öz sözining boşida.