“Tadbirkorlik faoliyatiga aralaşuvlarni qisqartiriş, sohadagi tartib-taomillarni soddalaştiriş, xususiy mulk daxlsizligi borasidagi siyosatni qat’iy davom ettiramiz.
Avvalo, bugungi kunda tadbirkorlar uçun nazarda tutilgan subsidiyalar oliş jarayoni öta murakkabligiça qolmoqda. Tadbirkorlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş maqsadida 80 dan ortiq subsidiyalar joriy etildi. Ötgan davrda ularga 2,3 trillion söm ajratildi. Lekin, maktabgaça ta’lim, xalq ta’limi, muqobil energetika, baliqçilik, parrandaçilik, qorakölçilik kabi 10 dan ziyod sohalarda subsidiyalar işlamayapti. Bunga sabab – uşbu subsidiyalarni tölaş tartibi murakkab va raqamlaşmagan.
Tadbirkor subsidiyani oliş uçun örtaça 5 ta hujjatni taqdim etişi, 10 ta vazirlik va idoradan xulosa olişi zarur. Bunga kamida bir oy ketadi. Şu bois, kelgusi yil 1 yanvardan subsidiyalarni ajratiş böyiça murojaatlar “yagona darça” tamoyili asosida qabul qilinadi, jarayonda iştirok etadigan davlat idoralari soni 2-3 baravarga qisqartiriladi.
Ötgan bir yilda tadbirkorlardan talab qilinadigan 400 dan ortiq litsenziya yoki ruxsatnomalardan 114 tasini bekor qildik. Şuningdek, litsenziya va ruxsatnoma talab qilgan 33 ta faoliyat turi xabardor qiliş tartibiga ötkazildi. Hozirda 30 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar onlayn tarzda berilmoqda. Kelgusi yildan boşlab, tadbirkorlik faoliyatini boşlaş uçun barça ruxsat etuvçi hujjatlar onlayn tarzda rasmiylaştiriladi. Joriy yil yakuniga qadar litsenziya yoki ruxsatnomalar soni yana kamida 30 foizga qisqartiriladi.
1 noyabrdan barça texnik talablarga töla javob beradigan, zamonaviy induksion peçlardan foydalanişga qöyilgan çeklovlar bekor qilinadi. Bunda mahsulot sifatini ta’minlaş, uni yagona standartlar va xavfsizlik talablariga töla javob beriş masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Tadbirkorlar faoliyatida ötkaziladigan har qanday tekşiriş, monitoring va nazorat tadbirlarida, adolat mezonlari va qonun ustuvorligi ta’minlanişi şart. Buning uçun Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorninǵ roziligi bilan, barça tekşirişlarda iştirok etiş va ta’sirçan jamoatçilik nazoratini örnatiş vakolati beriladi.
Bugungi kunda mahalliy hokimliklar bino va inşootlarning buzilişi böyiça 349 nafar tadbirkordan 123 milliard söm qarzdor. Barça viloyat hokimlarini ogohlantiraman: 1 sentyabrga qadar tadbirkorlar bilan barça hisob-kitoblar yakuniga yetkazilişi, bir söm ham qarzdorlik qolmasligi şart”, dedi prezident.












