Qayd etilişiça, kelgusi yil 1 yanvardan boşlab, soliq idoralari öz elektron dasturlari orqali biznes sub'yektlariga hisobotlarini şakllantiriş xizmatini yölga qöyadi.

“Hisobotlarni keçiktirib topşiriş bilan boğliq moliyaviy sanksiyalarni qöllaş tartibi esa töliq bekor qilinadi. Şuningdek, soliq idoralari qöllayotgan ayrim jarimalar soni va miqdorining ortgani meni xavotirga solmoqda.

Ötgan yili kameral nazorati natijasida 336 ta korxonaga 51 milliard söm moliyaviy jarima qöllanilgan bölsa, joriy yil 6 oyda 3 mingdan ziyod tadbirkorlarga 900 milliard sömdan ortiq jarima belgilangan.

Şuning uçun, Qöçqorov, Işmetov, Qudbiyev, Davletov, Qosimov bir oy muddatda soliq idoralarining kameral nazorati natijasiga köra, moliyaviy jarima qöllaş amaliyotini bekor qiliş böyiça taklif kiritsin.

Amaldagi tartibga köra, tadbirkorlar qöşilgan qiymat soliği böyiça hisobot topşirişi bilan birga, undagi farqni qaytariş uçun soliq idoralariga alohida murojaat qilişga majbur. Bu – 14 ming tadbirkorning faoliyatiga bevosita boğliq bölib, ular uçun qöşimça vaqt, ortiqça sarsongarçilik, degani. Işmetov, Qudbiyev bu masalani çuqur örganib, kelgusi yildan qöşilgan qiymat soliğini qöşimça hujjatsiz qaytariş tartibini amaliyotga joriy etsin”, dedi davlat rahbari.