Qayd etilganidek, 2025 yilda töqimaçilik sanoatida işlab çiqariş hajmi 134 trillion sömni taşkil etgan. Xorijiy investitsiyalarni özlaştiriş 2,1 milliard dollarga yetgan. Eksport hajmi esa 2,5 milliard dollarni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan ösiş ta’minlangan. Tarmoqda band aholi soni 623 ming nafarga yetgani, kelgusi yilda uşbu körsatkiçni 650 ming nafargaça oşiriş imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.

2026 yilda paxta xomaşyosini qayta işlaşni yanada çuqurlaştiriş hamda gazlama, trikotaj va tayyor mahsulotlar işlab çiqariş quvvatlaridan foydalaniş darajasini oşiriş közda tutilgan. Mahsulot işlab çiqariş hajmini 147 trillion sömga, eksportni esa 3,3 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilingan.

Tarmoqqa 2,2 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qiliş reja qilingan. Buning 207 ming tonnalik sintetik, aralaş ip, 397 million kvadrat metrlik gazlama, 224 million dona tikuv-trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş hamda 108 million kvadrat metr mato böyaş böyiça qöşimça quvvatlar barpo etiladi.

Şu bilan birga, tarmoqni barqaror rivojlantirişga tösqinlik qilayotgan ayrim omillar ham qayd etildi. Xususan, paxta tolasiga bölgan talabning bir qismi import hisobiga qoplanayotgani, moliyaviy resurslar qiymatining yuqoriligi, taşqi bozorlarda logistika xarajatlari ortişi va ayrim yönalişlarda malakali mutaxassislar yetişmasligi soha oldida turgan dolzarb vazifalar sifatida körsatib ötildi.

Uşbu muammolarni hal etiş maqsadida 2026 yil uçun aniq çora-tadbirlar işlab çiqilgan. Jumladan, korxonalarga aylanma mablağ uçun 200 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratiş, 138 ta korxonani moliyaviy soğlomlaştiriş, 100 ta yangi korxonani eksport faoliyatiga jalb qiliş rejalaştirilmoqda.

Xalqaro standart va sertifikatlarni joriy etişga alohida e’tibor qaratiladi. “Better Work”, “BCI”, “FWF”, “Organic EU” kabi dasturlar 60 ta korxonada tatbiq etiladi, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari 15 ta korxonada joriy qilinadi. Şuningdek, tayyor mahsulotlar sifati böyiça 24 turdagi tahlillarni ötkazuvçi zamonaviy töqimaçilik laboratoriyasi taşkil etiladi.

Tarmoqda raqamlaştirişni jadallaştiriş, ERP tizimlari va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş orqali işlab çiqariş samaradorligini oşiriş közda tutilgan. Bu jarayonga 40 ta korxona jalb etiladi.