Adidas tarixi 1920 yillarga, aka-uka Dasslerlar egalik qilgan nemis kompaniyasiga borib taqaladi. Ikkinçi jahon uruşidan keyin Dasslerlar noma’lum sabab tufayli urişib qolişadi va biznesni alohida yurita boşlaşdi: Dassler Rudolf Puma kompaniyasini, Adolf esa Adidas'ni rivojlantira boşlaydi.

Rudolf va Adolf Dassler

Adolf Dassler kaşfiyotçi va dizayner edi: 1925 yilda u “tikanli” futbol butsalarini öylab topdi. 1949 yilda Adidas logotipi – uçta çiziqni patentlatdi va yeçiladigan rezina “tikanli” ilk futbol butsalarini yaratdi. 1950 yilda u qorda va muzda futbol öynaş uçun oyoq kiyimni öylab topdi.

Adolf Dassler

Puma va Adidas örtasidagi munosabat murakkab edi: fabrikalar kiçik Xersogenaurax şahrida yonma-yon turardi. Uning aholisi ham Puma tarafdorlari va Adidas işqibozlariga ajralgandi.

Mojarolarning asosiy manbayi brendlar orasida oyoq kiyim tayyorlaş texnologiyasi va uni tarğib etiş edi: aka-ukalar umumiy işlanmalardan foydalanmaslik va alohida-alohida rivojlanişga qaror qilişdi, biroq ba’zida bir-birlarini ğoyalarni öğirlaşda ayblaşardi.

Puma va Adidas “Pele pakti”ni imzolaşdi: u fabrikalarga tarğib uçun Peledan foydalanişni man etardi. Puma bu şartnomani buzadi.

Pele

1970 yili futbol böyiça jahon çempionatida Pele öyin boşlanişidan oldin hakamdan butsi boğiçini boğlaş uçun vaqt söradi. Kameralar uni yirik planda körsatdi, u maydon markazida sekin tizzasiga ötirib, Puma yozuvi tuşirilgan butsasi boğiçini boğladi. Puma öyingaça u bilan şartnoma imzolagani ma’lum böldi.

1978 yilda Adolf Dassler vafotidan keyin Adidas inqirozni boşdan keçirdi. Kompaniya dastlab Adolfning rafiqasi Katarina va öğli Xorst boşqaruviga ötdi. 1985 yilda Katarina, undan keyin Xorst vafotidan söng kompaniyani uning singillari boşqarişga harakat qilişdi. Natijada ular 80 foiz aksiyalarni tadbirkor, fransuz futbol klubi “Olimpik Marsel”ga egalik qilgan Bernard Tapiga sotib yuborişdi.