MAKRO FARM ANDIJON» 57 turdagi dori-darmon vositalari işlab çiqaradi. Mahsulotlar içki bozorda sotilişdan taşqari eksport ham qilinadi. Şuningdek, korxona tarkibida odamlarga tibbiy xizmat körsatuvçi davolaş maskanlari ham mavjud. Tekstil va oziq-ovqat mahsulotlari ham işlab çiqaradigan yirik korxona «Andijon» futbol klubi ta'sisçisi ham hisoblanadi.

MAKRO FARM ANDIJON» jamiyati rahbari Jur'atbek Quvvatov korxona faoliyati va rejalaştirilayotgan yangi loyihalar bilan taniştirdi.    

Korxonamiz tarixi 2008 yil Toşkent farmatsevtika institutini bitirib, Andijonga qaytib dorixona oçganimdan boşlangan. Sekin-sekin dorixonalar sonini köpaytirdik. Söngra işlarimiz yurişib, özimizga joylar sotib olganmiz. Şu bilan iş faoliyatimiz boşlangan.

Korxonamizni oilaviy korxona desa ham böladi. Çunki boşlanişida dadam, ukam birga boşlaganmiz. 2016 yil har bitta dorixonaga dorivor ösimlik xomaşyosini qadoqlaş majburiyati qöyilgan. Andijonda hozirgi kunda 1 200 ta dorixona bölsa, hammasiga majburiyat qöyilgan. Öşa paytda, töğrisi, tuşunmagan ekanmiz. Şunça ötni, şunça dorivor giyohni nima qilamiz, bu nimaga kerak, deb öylagan ekanmiz. Endi qarasam, avvalambor prezidentimizga rahmat, birinçi qadoqlaşni örgandik, qarasak, qadoqlasa dorivor giyohlar yaxşi ketyapti. Muhimi, xomaşyo özimizda çiqadi. Özbekiston iqlimi yaxşi bölgani uçun dorivor giyohlarimiz juda köp. Xullas, qadoqlaşni örgandik, uni sotişni örgandik, keyin bitta-ikkitasini qöşib, çoy qilib sotişga ötdik. Keyin qiziqib qolib, ulardan sirop körinişidagi dori vositalari işlab çiqarişni boşladik. Undan keyin tabletkalar, söng surtma dorilar işlab çiqarganmiz.

Boşlanişiga 70 ta yangi iş örni yaratdik. Keyin qarasak, şu sohaning içiga kirib qolibmiz. 2017 yil Singapurga butunjahon farmatsevtika sanoati yarmarkasiga bordik. U yerga borib, töğrisi, dunyoqaraşimiz butunlay özgarib ketdi. Yana u yerdagi asbob-uskunalar, texnologiyalarni körib, köp narsalarni örganib keldik.