Pensiya jamğarmasi ma'lumotiga köra, ularning aholi sonidagi uluşi 11,4 foizni taşkil etgan holda 2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 134,5 ming nafar (3,5 foiz)ga köpaygan.

Pensioner va nafaqaxörlarning 57,7 foizi (2 mln 245,5 ming nafari) – ayollardir.

 Pensiya va nafaqa oluvçilarning:

– 2 939,5 ming nafari (74,2 foiz) yoşga doir pensiya (bundan 1 881,6 ming nafari yoki 64 foizi ayollar);

– 396,8 ming nafari (10,0 foiz) nogironlik pensiyasi (162,8 ming nafari yoki 41 foizi ayollar);

– 193,5 ming nafari (4,9 foiz)ni boquvçisini yöqotganlik pensiyasini oladi;

– 429,9 ming nafari (10,9 foiz) esa nafaqa oluvçilardir (bundan 201,1 ming nafari yoki 46,9 foizi ayollar).

2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan:

– yoşga doir pensiya oluvçilar soni 90,5 ming kişi (3,2 foiz)ga;

– nogironlik pensiyasi oluvçilar soni 10,2 ming kişi (2,7 foiz)ga;

– boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçi oilalar soni 4,4 ming oila (2,3 foiz)ga;

– nafaqa oluvçilar soni 29,4 ming kişi (7,3 foiz)ga ortgan.

2020 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 36,7 ming nafar yoki 19,3 foiz köproq fuqaroga pensiya va nafaqa tayinlandi.

Avvalroq, Özbekistonda 1 sentyabrdan iş haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oşirilişi ma'lum qilingandi.