Keça, 23 avgust kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Murat Kamalov va Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov boşçiligida qoraqalpoğistonlik tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazilgan. Bu haqda Jöqorği Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Ta'kidlanişiça, uçraşuvda Qoraqalpoğistonning 17 ta şahar va tumanidagi tadbirkorlarning taklif, murojaat va muammolari tinglangan. Muammo va murojaatlar nimadan iborat bölganligiga aniqlik kiritilmagan. Şuningdek, qoraqalpoğistonlik tadbirkorlar Jöqorği Kengesi Raisiga qanday taklif bildirgani ham noma'lum.

Online tarzdagi muloqotni Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov olib borgan. Uçraşuvda tadbirkorlarning muammolarini hal etişga qaratilgan 7 ta muhim yönaliş böyiça çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilgan.











