
Associated Press axborot agentligining xabar berişiça, Kobulga vakillar palatasining Massaçusets va Miçigan ştatlaridan a'zolari Set Moulton va Piter Meyjyer kelgan. Ular Kobul aeroportiga charter reysda uçib kelişgan va u yerda bir neça soat qolişgan.
Aeroportdagi amerikalik harbiylar kutilmagan mehmonlar xavfsizligini ta'minlaş uçun kuçlar ajratişiga töğri kelgan.
Ta'kidlanişiça, öz vaqtida Iroqda AQŞ qöşinlari safida xizmat qilgan kongressmenlar Kobulga safar uyuştiriş rejalari haqida heç kimni ogohlantirişmagan.
“Kongress a'zolari sifatida biz ijroçi hokimiyat işini tekşirişimiz kerak. Biz bu taşrifni joylardagi odamlar işiga xavf-xatar tuğdirmaslik va xalaqit qilmaslik uçun yaşirinça amalga oşirdik va bu haqda ketganimizdan keyin ma'lum qildik. Bundan taşqari, biz u yerda minbardan turib va'zxonlik qiliş uçun emas, ma'lumotlar töplaş uçun böldik”, deb ma'lum qilişgan kongressmenlar.
AQŞning rasmiy şaxslari kongressmenlarning 24 avgustda amalga oşirgan safari Pentagon uçun ham, davlat departamenti uçun ham kutilmagan hodisa bölganini aytişgan. Uşbu idoralar bu haqda kongressmenlar samolyoti Kobulga uçib ketayotgandagina xabar topişgan.
Associated Press suhbatdoşlari uşbu safarni yomon ğoya deb ataşgan, çunki Kobul aeroportidagi harbiylar özlarining asosiy vazifalaridan çalğişlariga töğri kelgan.
Avvalroq AQŞ prezidenti Jo Bayden Vaşington Kobuldan odamlarni evakuatsiya qilişni 31 avgustgaça yakunlamoqçiligini, biroq uşbu jarayonda özgarişlar bölişi mumkinligini aytgandi.
Öz navbatida, “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid 31 avgustdan keyin evakuatsiyani davom ettirişga urinişlar kelişuv şartlarini buziş deb baholanişi va barça odamlar uşbu sanagaça olib çiqilişi kerakligidan ogohlantirgan. Uning aytişiça, 1 sentyabrdan “Tolibon” evakuatsiya jarayoniga boşqaça yondaşa boşlaydi.











