Ma'lum qilinişiça, 2020 yilda Qaşqadaryo viloyati Koson tumanida yaşovçi qiz M.J. osilgan holda topilgan. Hodisa böyiça jinoiy iş qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan va qizning turmuş örtoği gumonlanuvçi sifatida uşlangan.

Ötkazilgan tergov harakatlari davomida 17 yoşli qiz oilali erkak tomonidan zörlangani, söng jazolanişdan qörqib uni öz nikohiga olgani va doim tazyiq ötkazib kelgani aniqlangan.

Qizning onasining sözlariga köra, 2020 yil 3 mart kuni Şerzod Ğaybullayev qiz bilan şar'iy nikohdan ötgan va uni Qarşidagi köp qavatli uyga olib ketgan. Karantin boşlanganida esa qizni qonuniy xotini va tört farzandi yaşaydigan uyga köçirgan. Qonuniy turmuş örtoği uyida boşqa ayolga toqat qilmay, M.J.ni köçaga haydab yuborgan. Şundan söng qiz boşqa uyda yaşay boşlagan.

Tergov-suriştiruv davomida onasi, qizi köp bor uyida bölayotgan janjaldan şikoyat qilganini gapirgan. 2020 yil 9 may kuni esa qiz osilgan holda topilgan.

Qayd etilişiça, joriy yil 14 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Şahrisabz tuman sudida qizning ölimida aybdor deb topilgan Şerzod Ğaybullayevga hukm öqilgan. U Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi «a» bandi va 126-moddasi bilan aybli deb topilib, 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum etiş jazosini olgan.