Kris Barri, Vaşington ştati universiteti professori, uning tadqiqotlari ösmirlarning his-tuyğulari, yoşlar hamda ösmirlarning ijtimoiy tarmoqdagi xulqlarini örganişga yönaltirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar yordamida sabab va oqibatni aniqlaş muşkul. Ehtimol, u ruhiy salomatlikka qandaydir ta'sir ötkazar, lekin özini ezilgan va yolğiz his qilayotgan ayrim odamlar bu yerda özi uçun qandaydir yangilik oçolmaydi. Lekin bunda ikki jihat bor: birinçidan, ijtimoiy tarmoqlar uyquga salbiy ta'sir körsatişi mumkin. Odamlar yarim tungaça lentasini aylantirib yoki tunda ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilişlari, tun yarmida bildirişnomalar olişi mumkin.
Ikkinçi salbiy ta'sir — ijtimoiy tarmoqlar negativ ijtimoiy taqqoslaşlarni faollaştiriş darajasidir: siz özgalar nimalar yozayotganini körasiz va özingizni ulardan yomonroq yaşayotganingizni his qilasiz. Ösmirlar bilan ötkazgan tadqiqotlarimizdan ayrimlari ijtimoiy tarmoqlarda faol iştirok etiş, masalan, undan bot-bot foydalaniş, ayniqsa nimanidir ötkazib yuborişdan qörqadigan ösmirlar uçun bezovtalik va depressiya bilan boğliqligini körsatmoqda.
Midzuko Ito, Irvindagi Kaliforniya universiteti axborot kompyuter fanlari professori, u bolalar va yoşlarning ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalarga munosabatlari özgarişini örganadi.
Boşqa tomondan, yoşlarning aksariyati ijtimoiy tarmoqlar va öyinlar — döstlar va yaqinlar bilan aloqalarni saqlab turiş uçun dengizdagi qutqaruv balloni kabidir. Bu ayniqsa maktablar yopilgan pandemiya çoğida hal qiluvçi ahamiyatga ega böldi. Ijtimoiy tarmoqlar yoşlarga umumiy qiziqiş va xarakterga ega bölgan boşqa insonlar bilan muloqot qiliş usuli bölişi mumkin. Boşqa tomondan, ular qayerda köproq bölişi nuqtayi nazaridan, yoşlar ta'qib va nosoğlom kutilmalarga duçor bölişi mumkin. Ayrim tadqiqotlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişning ba'zi bir körinişlari va ruhiy salomatlik muammolari örtasida boğliqlik topişgan. Biroq yanada keng miqyosli va sinçkov tadqiqotlar bu boğliqliklar barça yoşlar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişning barça körinişlari örtasida mavjudligini aniqlay olmagan.

Kit Hempton, Miçigan ştati universiteti ommaviy axborot vositalari va axborot fanlari böyiça professori, 20 yil davomida yangi media va hamjamiyatlarni örgangan.
Köpçilik öylaganiga ters ölaroq, fan ança kuçsiz. Tadqiqotçilar ba'zan unçalik katta bölmagan «statistik muhim» natijalar haqida xabar berib qolişadi, lekin bu ruhiy salomatlik muammolari bilan juz'iy boğlaniş borligining aynan özi emas. Ayrimlar universitet talabalari ustida tajriba ötkazib, ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş muammolarini oçişgan. Boşqalari esa nimadandir qayğurayotgan insonning miyasida qon yiğilişini skanerlaşdan foydalangan. Uçinçilari esa «Sizga ijtimoiy tarmoqdan foydalanişni taqiqlaşlaridan xavfsiraysizmi?» qabilida töğridan töğri savollar berib körişadi. Lekin bu yondaşuvlarning heç biri bizga ijtimoiy tarmoqlar va ruhiy salomatlik bilan boğliq real tajribadan köp ham sözlab bermaydi. Lekin ijtimoiy tarmoqlar çindan ham muloqotning boşqa şakllaridan farqlanadi, şu sababli taşvişlaniş uçun asos mavjud.







