Kun.uz sayti köplab bemorlar murojaati asosida xayriya aksiyalari taşkil etib keladi. Murojaat qiluvçi insonlar asosan xasta bolalarning ota-onalari yoki kasallik sabab oğir vaziyatga tuşib qolgan, öta ehtiyojmand insonlardir.
Afsuski, moddiy va ma'naviy yordamga muhtoj, davolanişi uçun sönggi umidi mana şu xayriyadan bölgan bu fuqarolarning plastik kartalariga tuşgan pullarni ayrim vijdon-u insofni unutgan kimsalar aldov yöli bilan yeçib olişyapti.
Har safar xayriya aksiyasi e'lon qilinişidan oldin bemorlarga plastik kartalariga oid kodlar yoki boşqa ma'lumotlarni har qanday vaziyatda ham heç kimga oşkor qilmaslik haqida qayta-qayta va yana qayta tuşuntiriladi.
Afsuski, şunga qaramay, bemorlar yoki ularning yaqinlari firibgarlar aldoviga işonib qolişmoqda.
Şu tariqa, kimningdir jigarbandi tuzalişi, qaysidir bolaning yetim qolmasligi uçun ehson qilinayotgan pullar nafsiga qul kimsalar tomonidan öğirlanmoqda.
Bunday jirkanç va qabih harakatlarni qilayotganlar xasta farzand közlaridagi iltijoni, ota-ona yuragidagi iztirobni tuşunarmikan?
Bunday holatlar köpayib borayotgani sababli Kun.uz xayriya aksiyalarini ötkazişni vaqtinça töxtatib turadi.
Markaziy bank va bank kartalarining xavfsizligini ta'minlaşga mas'ul tijorat banklari hamda boşqa taşkilotlar tomonidan mukammal himoya tizimi işlab çiqilmagunça xayriya aksiyalari yuzasidan murojaatlar qabul qilinmaydi.
Öylaymizki, tez orada mas'ul taşkilotlar tomonidan bunday firibgarliklarning oldini oliş böyiça amaliy harakatlar olib borilib, plastik kartalardagi pullar xavfsizligi kafolatlanadi.
Sirdaryoda masjid qurilişi uçun yiğilgan 73 mln söm xayriya puli öğirlandi








