Para yengil atletikaning nayza uloqtiriş turida F13 klassida özbekistonlik Nozima Qayumova 42,59 metr natija bilan birinçi böldi va ikki karra Paralimpiya çempioniga aylandi. Nozima Rio-2016da ham oltin medalni qölga kiritgandi.

Disk uloqtiriş sport turida F57 klassida Mohigul Hamdamova ham çempion böldi. U 31,46 metr natija bilan 1-örinni egalladi.

Erkaklar örtasida F12 klassida yadro uloqtiriş böyiça finalda qatnaşgan Elbek Sultonov esa 15,94 metr natija bilan bronza medaliga sazovor böldi.

Şu tariqa Özbekiston hisobidagi medallar soni 6taga (3ta oltin, 1ta kumuş, 2ta bronza) yetdi. Bungaça para suzuvçi Islombek Aslanov bronza, uzunlikka sakraşda Asila Mirzayorova kumuş, dzyudoçi Uçqun Quronboyev oltin medalni qölga kiritgandi.

2ta oltin medaldan söng Özbekiston umumjamoa hisobida 12-öringa kötarildi.