Korxona işlab çiqarişning boşqa sohalarida ham katta loyihalarni amalga oşirib kelmoqda. 25 avgust kuni Xöjaobod tumanida yiliga 1,2 million tonna mahsulot işlab çiqariş quvvatiga ega sement zavodini işga tuşirdi. Loyiha qiymati 100 million AQŞ dollariga teng. 40 gektar maydonni egallagan uşbu zavod xitoylik mutaxassislar tomonidan bir yarim yilda qurib bitkazildi.

Korxona oçilişi munosabati bilan «RASH-MILK»ning Asaka tumani Axtaçi hududidagi ekologik muammolarni keltirib çiqarayotgan zavodi faoliyatini töxtatadi. 800 nafar mahalliy aholini iş bilan ta'minlagan yangi zavod zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bölib, atrof-muhitga salbiy ta'sir ötkazmaydi.

«Tsement zavodini tez fursatlarda bitkazilişida hamkorlarimiz Xitoyning «Sinoma» kompaniyasi katta hissa qöşdi. Ötgan yili quriliş işlari boşlangaç, pandemiya ta'sirida xitoylik mutaxassislarning Özbekistonga uçib kelişida muammolar bölgandi. Viloyat rahbarlarining sa'y-harakatlari bilan yöllar oçildi va obekt belgilangan vaqtda foydalanişga topşirildi. Hozirça zavodimizning işlab çiqariş quvvati 1,2 million tonna. Navbatdagi loyihani işga tuşirsak, yillik işab çiqariş hajmi 3 million tonnaga yetadi», deydi «RASH-MILK» korxonasi rahbari Ahliddin Zokirov.