Ayni payt yurtimizda mazkur korxona mahsulotlari kirib bormagan xonadon kam topilsa kerak. Tabiiy, mahalliy toza sutdan tayyorlangan, sifatli va mazali “RASH-MILK” brendi ostidagi mahsulotlar, Özbekiston va qöşni davlatlarda juda maşhur.



Korxona bugungi kundagi holatiga öz-özidan erişib qolgani yöq. 2003 yilda tadbirkorlar Anvarjon Şukurov hamda Rahmiddin Mirzayevlar “RASH-MILK” MÇJga asos solganlarida xalq işonçiga kiriş yölida bel boğlab, özni ayamay mehnat qilişni niyat qilgan edilar. Maşaqqatli harakatlar tez orada öz mevasini bera boşladi.



Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Andijonga, jumladan Böz tumaniga taşrifi davomida, tadbirkorlikka keng yöl oçiş, işlab çiqarişga zamonaviy texnologiyalar olib kiriş zarurligi, çet eldan kelayotgan eksport tovarlarga raqobatbardoş mahalliy mahsulotlar işlab çiqariş töğrisidagi sözlari, qişloq xöjaligi va sanoatda klaster usulidan foydalaniş, iş örinlarini köpaytiriş haqidagi maslahatlari “RASH-MILK” jamiyatida ham yangi davrni boşlab berdi.



Andijon viloyatining Böz tumanida faoliyat yuritayotgan korxona qoşida naslli çorvaçilik xöjaligi taşkil etilgan bölib, unda Germaniya davlatidan keltirilgan zotdor qoramollar parvarişlanmoqda. Körib turganingizdek, jamiyat öz xöjaligida yetiştirilayotgan sut xomaşyosini qayta işlab, tayyor mahsulot holatiga keltiryapti. Jamiyat bu bilan çeklanib qolmadi. Import hajmini yanada ozaytiriş maqsadida sutni qayta işlab qadoqlaşda işlatiladigan kerakli idişlarni ham özida işlab çiqarmoqda. Bir söz bilan aytganda “RASH-MILK” korxonasida qoramollarni parvarişlaş, sut xomaşyosini olişdan tortib, undan tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan barça bosqiçni özida mujassam etgan klaster usuli joriy etilgan.



















