28 avgustda Naxa şahrida aholini emlaş vaqtida vaksinaning bir ampulasida va ikkita şpritsda qora rangdagi modda aniqlangan. Tekşiruv vaqtida yana bir şpritsda puşti rangli aralaşma borligi qayd qilingan. Uşbu partiyadagi vaksina bilan 400 ga yaqin kişi emlangan. Biroq ular şifokorlar vaksina va şpritslarning tozaligiga işonç hosil qilgandan keyingina emlangan va ularning soğliqlarida biror bir muammo kuzatilmagan.
Ta'kidlanişiça, uşbu partiyaning raqami Yaponiya soğliqni saqlaş, mehnat va farovonlik vazirligi tomonidan avvalroq işlatilişi töxtatilgan vaksina partiyasidan farq qiladi. Uşbu hodisa sababli Okinavadagi emlaş markazlaridan birida emlaş işlari töxtatilgandi.
Avvalroq Yaponiyada Moderna vaksinasining Ispaniyada işlab çiqarilgan 3 ta partiyasidagi 1,63 million doza vaksinasi qöllanişi töxtatilgani e'lon qilingan. Vaksinada aniqlangan zarralarning ölçami bir neça millimetrni taşkil qiladi. “Kiodo” agentligining ma'lum qilişiça, vaksinada aniqlangan yot moddalar metall zarralari bölişi mumkin, çunki ular magnitga ta'sirlaşişi mumkin. Vazirlik e'lonigaça Yaponiyada nuqsonli partiyadan 170 mingta vaksina odamlarga kiritib bölingan.
28 avgustda, şuningdek, yot moddalar topilgan vaksina bilan emlangan 2 kişi vafot etgani ma'lum bölgan. Ular 30 va 38 yoşdagi erkaklar bölib, ularda avval surunkali kasalliklar va allergik reaksiyalar kuzatilmagan. Ular vaksinaning 2-dozasi bilan 15 va 22 avgustda emlanişgan. Ularda vaksina olgan kunlarining ertasiga tana harorati kötarilgan, 3 kundan keyin esa ular noma'lum sabablarga köra vafot etişgan.
Yaponiyada Moderna vaksinasidan taşqari, AstraZeneca va Pfizer hamda BioNTech vaksinalari qöllanmoqda. Ayni vaqtda Yaponiyada 69,2 million kişi, ya'ni mamlakat aholisining 54,5 foizi vaksinaning 1-dozasini, 55,2 million fuqarosi (43,5 foiz) 2-dozasini olgan.












