Kun.uz muxbiri xabariga köra, prezident Şavkat Mirziyoyev bir guruh adiblar haqida gapirib ötdi.
«Men “Boburnoma”ni köp-köp öqişga, Boburning hayot yölini örganişga harakat qilaman. Bilasizlarmi, Boburda umuman halovat bölmagan. Uning hayot yöli maşaqqatlar va kuraşlarda ötgan, faqat mehnat qilgan. Ibrohim akaning (Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurov - tah.) ham hayotida halovati bölmagan, umri mehnatda ötgan. Hozirga adabiyot sohasidagi barça yozuvçi va şoirlarimiz bu insonni ustoz deydi. Bu insonga halollik va poklik böyiça munosib bölişga harakat qiladi.
Oçiq gap, men Erkin Vohidov va Abdulla Oripov bilan döst edim. Abdulla Oripov bilan Zomin maktabini taşkil qilgan edik. Erkin Vohidov bilan esa keçalari ham gaplaşardik. Erkin akaning bir gaplari bölar edi: agar özbek tilining buyukligini bilişni xohlasang, Ibrohimjondan söraş kerak, derdi. Sevib gapirardilar. Ibrohim aka adabiyotimizning ana şunday zabardast namoyandasi.
Ibrohim akaga öxşagan halol insonlar bizga örnak bölişi kerak. Hayotda, mehnatda, umrda. Bitta stol, ruçka va bitta xona. Boşqa biror narsani bu inson özi uçun ep körmagan. Mana şunday inson albatta Özbekiston Qahramoni bölişga loyiq.
Sönggi yillarda yozuvçilar va şoirlarni qölimizdan kelganiça qöllab-quvvatlayapmiz. Ularning öz binosi ham yöq edi, ijarada turişardi, mana, Vatanli bölişdi.
Adiblar xiyoboni taşkil qildik. Bu ham bejiz emas. Özligimizni anglamoqçi bölganlar şu xiyobonga kelib körsin, nurli bölib turgan Navoiy bobomizga [haykaliga] qarasin. Nima uçun Navoiy bobomizni ham qiblaga qaratib, özgartirdim. Çunki buni tagida ham ilohiy kuç bor», dedi Şavkat Mirziyoyev.











