Mahalliy aviaqatnovlarni amalga oşiruvçi aeroport (Toşkent-3 terminali) 31 avgustdan öz faoliyatini tiklaydi. Bu haqda Uzbekistan Airways kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

«31 avgustdan boşlab «Toşkent-3» aeroporti öz faoliyatini boşlaydi va respublika böylab amalga oşiriluvçi barça aviaparvozlar uşbu aeroportdan jadvalga köra amalga oşiriladi.

Yölovçilardan mahalliy aviaqatnovlar bilan boğliq savollarni aviakompaniya aloqa-markazidan, aeroport ma'lumot oliş markazidan va Uzbekistan Airways ijtimoiy tarmoqlaridan aniqlaştirişlarini söraymiz», — deyiladi Uzbekistan Airways xabarida.

Terminal 19 avgustdan boşlab Afğoniston poytaxti Kobuldan evakuatsiya qilinayotgan çet el fuqarolarini qabul qiliş uçun vaqtinçalik yopilgan edi.

Şu vaqt oraliğida barça mahalliy reyslar Toşkent xalqaro aeroporti orqali amalga oşirildi.

Şu kunlarda AQŞ va Ğarb davlatlari Kobuldan öz fuqarolari va afğonlarni evakuatsiya qilişni töxtatmoqda. Xususan, 27 avgust kuni Germaniya Kobuldagi afğon fuqarolarini Toşkent orqali evakuatsiya qilişni töxtatdi.