“Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi”: sönggi yillardagi yutuqlar va rejalar
|21:43 / 31.08.202123 10510 min
Sönggi yillarda mamlakatimiz haqiqiy bozor iqtisodiyotiga ötiş borasida salmoqli yutuqlarga erişdi. Jumladan, iqtisodiyotning muhim va ajralmas böğini hisoblangan birja mexanizmi ham sifat jihatdan yanada takomillaştirilib, rivojlanişning yangi bosqiçiga kötarildi.
“Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi” raisi Ziyoviddin Badriddinov «Yangi Özbekiston» naşrigabergan intervyusida iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda nima sababdan birja savdolari keng qöllaniladi degan savolga atrofliça javob berib birja tomonidan erişilgan natijalar haqida sözlab berdi.
Qisqa qilib aytganda, birja şaffof bozor infratuzilmasi hisoblanadi. U öz içiga talab va taklif, sof raqobat, kotirovkalar kabi tuşunçalarni qamrab oladi. Birja savdolarini taşkillaştiriş va iştirok etişdan har tomon manfaatdor böladi.
Bu jarayonda bir tomondan tadbirkorlar heç qanday tösiqlarsiz, erkin iştirok etib, zarur tovar resurslarini xarid qilişadi. Ikkinçi tomondan esa, sotuvçi korxonalar birjada ötkaziladigan auksionlar hisobiga qöşimça daromad olişlari mumkin. Uçinçidan, birjada tuzilgan bitimlarning bajarilişi kafolatlanadi va bu tomonlarning şartnomaviy intizomini mustahkamlaydi. Bugungi kunga kelib Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasining mamlakatimizda 13 ta hududiy filiali, mingdan ortiq brokerlik idoralari, 300 dan ziyod mahalliy va 19 ta xorijiy savdo maydonçalari mavjud. Birjada samarali faoliyat yuritayotgan 3000 nafardan ortiq treyderlar 800 mingdan ziyod mijozlarga xizmat körsatadi.
Sönggi 5 yil mobaynida birjamizning barça savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 4,5 marotaba oşib, 2020 yilda 53,6 trillion sömni yoki 5,4 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi. Bu esa mamlakatimiz yalpi içki mahsulotining qariyb 10 foiziga töğri keladi.
Ösiş holatlari barça savdo platformalarida kuzatildi. Xususan, 2016-2020 yillarda birja savdolarining hajmi 5 barobarga, körgazma-yarmarka savdolari – 1,6 va davlat xaridlari esa – 4 marotabaga ösdi. 2017 yilda işga tuşirilgan avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida sotilgan “çiroyli” avtoraqamlarning umumiy qiymati 9 marotabaga ortib, ötgan yili 246,6 milliard sömga yetdi.
Joriy yilda ham UZEX birjasida sezilarli darajada ösiş körsatkiçlarini namoyon etişni davom ettirmoqda. Bunga 2021 yil 17 martda qabul qilingan Prezidentimizning "Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotiş jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etişni davom ettiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori katta turtki berdi.
Mavzuga oid
Unga muvofiq, oçiq birja savdolari orqali sotiladigan tovarlarning röyxati kengaytirildi, barça xöjalik yurituvçi sub'yektlar, jumladan, tadbirkorlarning tovar resurslaridan foydalaniş imkoniyati oşdi, soğlom raqobat kuçaydi va real bozor şaroitlarini hisobga olgan holda, tovarlarga narx belgilaşning zamonaviy mexanizmi joriy etildi. Şu bilan birga, birja öz mijozlari uçun yangi xizmatlarni taqdim etib boryapti, biznes jarayonlariga innovatsion yeçimlarni faol ravişda joriy etişni davom ettiryapti.
Buning natijasida 2021 yilning 7 oylik yakunlariga köra 797,3 ming dekalitr etil spirti, 12,6 ming tonna polivinilxlorid, 1225 tonna formalin va 224 kilogramm kumuş kabi yangi mahsulotlar oçiq birja savdolari orqali sotildi.
Umuman olganda, ötgan davrda Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasining barça savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 46,7 foizga ösib, qariyb 46 trillion sömni taşkil qildi. Tuzilgan bitimlar hajmining 87 foizi birja savdolariga, qolgan qismi esa elektron tijorat savdo tizimlari, şu jumladan, körgazma-yarmarka savdolari, elektron davlat xaridlari, avtoraqam va mobil raqam onlayn auksionlariga töğri keldi.
Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari va boşqa tovar resurslari uçun narxlarning barqarorligini import hisobiga ta'minlaş va saqlaş, mahalliy tovarlarni taşqi bozorlarga olib çiqiş maqsadida birja özining xorijiy savdo maydonçalari tarmoğini kengaytiriş işlarini davom ettirmoqda.
Ma'lumki, hozirgi paytgaça bunday maydonçalar Belarus, Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston va Ukrainada oçilgan edi.
Joriy yilda esa xorijiy hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Yevropada ilk bor, xususan Latviyaning Riga şahrida birjaning yana bir savdo maydonçasi işga tuşirildi. Bu mahalliy tadbirkorlarimizga köhna qit'a bozorlariga erkin çiqiş, xorijiy kompaniyalar uçun esa Özbekistonlik işbilarmonlar bilan hamkorlik qilişda samarali savdo usullaridan foydalaniş imkonini taqdim etadi.
Ana şunday yutuqlar samarasi ölaroq, joriy yilda birja orqali 58,4 million dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Bu esa 2020 yilning 7 oylik körsatkiçidan 5,6 foiz ortiqligini körsatadi.
Ilğor IT-texnologiyalarning birja savdolarida keng qöllanilişi mamlakatimizda elektron tijoratning B2B (biznes va biznes) va B2C (biznes va fuqaro) modellari jadal rivojlanişi uçun muhim zamin yaratib bermoqda.
Elektron tijoratning V2V modelini aks etuvçi körgazma-yarmarka savdolarining hajmi joriy yilda 1,2 trillion sömga yetdi. E'tiborli jihati, ötgan yildan boşlab mazkur savdo tizimida birjaning hisob-kitob palatasi orqali tuzilgan bitimlarning bajarilişini kafolatlaş mexanizmi amal qilmoqda.
Internet savdolarning B2C segmentida ham sezilarli özgarişlar kuzatilmoqda. Xususan, joriy yilning ötgan davri davomida birjaning avtoraqam.uzex.uz veb-saytida onlayn-auksionlar orqali 168,7 milliard sömlik 83,2 mingdan ziyod avtoraqamlar sotildi. Buning natijasida ularning sotuvi son jihatdan 2,4 barobarga, hajmi böyiça – 42 foizga ösdi. Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming sömni, eng qimmatining qiymati esa 441,5 million sömni taşkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning örtaça qiymati 2 million sömga teng böldi.
UZEX birjasi faoliyatining yana bir muhim yönalişlaridan biri bu – elektron davlat xaridlari tizimi hisoblanadi. Jahon tajribasining körsatişiça, davlat xaridlarining samaradorligi birinçi navbatda uning şaffofligi bilan belgilanadi.
Ayni vaqtda Özbekistonda davlat xaridlarining şaffofligi maxsus axborot portali orqali ta'minlanmoqda, Birjamiz esa uşbu portalning operatorlaridan biri hisoblanadi.
Joriy yilda tadbirkorlarning davlat xaridlarida iştirokini kengaytiriş hamda buyurtmaçi va yetkazib beruvçilarning bu boradagi iştirokini soddalaştiriş maqsadida xarid.uzex.uz yangi portali işga tuşirildi. Mazkur portalda davlat xaridlarining barça turlari birlaştirildi.
Şu yilning birinçi yarmida elektron davlat xaridlari böyiça tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi ötgan yilga nisbatan deyarli 2,4 barobarga oşib, 4,7 trillion sömga teng böldi. Bunda budjet va korporativ buyurtmaçilari mablağlarining tejalişi ikki marotabaga ösdi va 840,6 milliard sömga yetdi.
Davlatimiz rahbarining “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotiş jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etişni davom ettiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yöl xaritasi”ga köra, joriy yil 1 sentyabrdan boşlab monopol va davlat iştirokidagi taşkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni taşiş elektron logistika savdo portali orqali auksion tartibida amalga oşiriladi.
Uning töliq işga tuşirilişi yuk taşuvçilar bozorida raqobat muhitini şakllantiradi va uşbu sohada şaffoflikni ta'minlaydi. Xaridorlar boşlanğiç narxlarni pasayişga qaratilgan auksion hisobiga öz xarajatlarini maqbullaştirişga muvaffaq böladi. Ular uçun elektron navbatning şakllantirilişi birja savdolarida sotib olingan mahsulotlarni öz vaqtida yuklamaslik kabi yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarni bartaraf etadi.
Portalga, şuningdek, yuklar harakatlanişini real vaqt rejimida kuzatiş, dispetçerlik va yuk taşuvçi kompaniyalar xizmatini baholaş funksiyalari ham kiritiladi.
“Yöl xaritasi”da birja savdolarida tovar derivativalari, jumladan fyuçers şartnomalari joriy etilişi ham belgilangan. Bundan közlangan asosiy maqsad narxlarning özgaruvçanligidan himoyalaniş (xejyerlaş), tovar bozorlarida talab va taklif muvozanatini ta'minlaş, tovarga bozor narxini şakllantiriş, iqtisodiyotga böş mablağlar va xorijiy investorlarni jalb qilişdan iboratdir.
Şu maqsadda joriy yilning iyun oyida birja vakillari AQŞning Nyu-York, Vaşington va Çikago şaharlariga taşrif buyurişdi. Taşrif çoğida Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi AQŞ birjalari, davlat nazorat organlari, brokerlik idoralari, softver va IT kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini örnatdi, AQŞning Tovar fyuçers savdolari böyiça komissiyasi (CFTC) va “Connomara systems LLC” kompaniyasining rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazildi.
AQŞ fyuçers bozorining nazorat komissiyasi vakillari bilan Özbekistonda fyuçers bozorlarini nazorat qiliş böyiça maslahatlar beriş, soha ekspertlarini jalb qiliş, fyuçers savdolarini Özbekiston bozorida amaliyotda tatbiq qilişga har tomonlama kömaklaşişga kelişib olindi.
AQŞning “Connomara systems LLC” kompaniyasi bilan esa özaro anglaşuv töğrisida memorandum imzolandi. Unga muvofiq, tomonlar Özbekiston birjasi uçun fyuçers savdolari böyiça dasturiy ta'minotni işlab çiqiş va zamonaviy IT texnologiyalarini joriy qiliş yönalişida hamkorlik qiladi.
Şu tariqa, sönggi yillar birja savdolarini şiddatli rivojlantiriş va erkinlaştiriş, elektron tijoratni ommalaştiriş va birja amaliyotiga innovatsion yeçimlarni joriy qilişda muhim davr böldi. Şu bilan birga, UZEX birjasi oçiq-oydinlik, şaffoflik, tuzilgan bitimlarning bajarilişini kafolatlaş, talab va taklif, sof raqobat kabi an'anaviy birja tamoyillariga rioya qilgan holda, tovar segmentlarida zamonaviy savdo usullarini joriy etişni davom ettiradi.