Davlat qabul komissiyasining 6-son bayoni bilan, 2021/22-öquv yili uçun respublika oliy ta'lim muassasalarida bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça tölov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.
Bu haqda xabar qilgan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining qayd etişiça, bakalavriat va magistraturada kunduzgi ta'lim şaklida tahsil olayotgan va 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirusga qarşi emlangan talabalarga joriy öquv yili uçun belgilangan stipendiyasiz bazaviy tölov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz çegirma beriladi.


Bakalavriatning kunduzgi ta'limida eng yuqori kontrakt – 16 023 820 söm (stipendiyali) yoki 9 809 260 söm (stipendiyasiz). Bu – “Jahon siyosati”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” va “Huquq” yönalişlariga taalluqli.
Minimal kontrakt miqdori esa 12 627 170 söm (stipendiyali) yoki 6 412 610 söm (stipendiyasiz). Pedagogika va köplab ijtimoiy yönalişlarda uşbu summa belgilangan.
Bakalavriatning soğliqni saqlaş yönalişlarida stipendiyali va stipendiyasiz kontrakt miqdorlari mos ravişda 15 344 490 söm va 9 129 930 söm deb belgilangan.
Qayd etilişiça, öquv yili davomida stipendiya miqdori oşsa, stipendiyali kontrakt miqdori stipendiyaning yangi miqdoridan kelib çiqib, öquv yili oxirigaça oşiriladi.








