Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Nodir metallar va qattiq qotişmalar böyiça ilmiy işlab çiqariş birlaşmasi bir neça yönalişlarda 2021 yil uçun belgilangan rejaviy vazifalarni muddatidan oldin bajarişga erişdi.

 Korxonada 2021 yil yanvar-avgust holatiga köra, 212,5 mlrd sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarilgan.  Ötgan yilning şu davriga ösiş sur'ati esa 107 foizga yetkazilib, reja 170,9 foizga bajarilgan. 2021 yilda korxona  mehnat jamoasi oldiga 188,9 mlrd sömlik  sanoat mahsuloti işlab çiqariş vazifasi qöyilgan edi. Bu yönalişda yillik vazifa muddatidan avval bajarildi.

Şuningdek, ötgan sakkiz oyda 109,5 mlrd sömlik tovar mahsulotlari işlab çiqariş belgilangan edi. Amalda esa 197,6 mlrd sömlik mahsulot tayyorlanib, reja 180,5 foizga uddalangan. E'tiborli jihati bu yönalişda ham yillik reja muddatidan oldin bajarilgan. 2021 yilda başorat körsatkiçi böyiça 163,9 mlrd sömlik tovar mahsuloti işlab çiqariş belgilangan edi.

815,6 tonna molibden 3 oksidi işlab çiqarilib, rejaviy vazifa 122,9 foizga ado etilganini alohida ta'kidlaş joiz. Şuningdek,  molibdenni ştabik va briketlarda işlab çiqariş böyiça 527,2 tonnalik natija qayd etilib, reja 120,7 foizga bajarilgan. Ösiş sur'ati esa 112,5 foiz bölgan.

Ötgan sakkiz oyda 91,8 tonna molibden metali tayyorlanib, reja 117,5 foizga ado etilgan holda yillik reja muddatidan avval bajarilgan. 2021 yilda 78,2 tonna molibden metali tayyorlaş vazifasi yuklatilgan edi.

 Korxonada işlab çiqarilayotgan mahsulotlar eksportida ham salmoqli natijalar qayd etilmoqda. Xususan, ötgan davrda 16,46 mln dollarlik mahsulot eksporti amalga oşirilib, reja 231,6 foizga uddalangani diqqatga  sazovor. Ötgan yilning şu davriga nisbatan ösiş  sur'ati esa 188,8 foizga yetkazilgan.  Bu yönalişda ham yillik reja oşiği bilan bajarilgan. 2021 yilda mehnat jamoasi oldiga 12,19 mln dollarlik mahsulot eksport qiliş vazifasi qöyilgan edi.

Xorijlik importyorlarga 510,14 tonna molibden ştabigi va briketlari yuborilib, bu yönalişda reja 134,2 foizga bajarilgan.