Yiğilişda, avvalo, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oşirilayotgan strategik loyihalarning borişi tanqidiy körib çiqildi. Xususan, 3-mis boyitiş fabrikasining keyingi navbatlarini jadallaştiriş yuzasidan aniq topşiriqlar berildi. Şuningdek, mazkur loyihaning texnologik davomi hisoblangan yangi mis eritiş zavodini barpo etiş masalalari ham körib çiqildi. Unda texnik-iqtisodiy asosni yakunlaş, xorijiy ekspertlarni jalb qiliş, qisqa muddatlarda quriliş işlarini boşlaş yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Olmaliq kombinatining istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib çiqib, 4-mis boyitiş fabrikasi böyiça texnik-iqtisodiy asosni işlab çiqiş uçun nufuzli xalqaro kompaniyalarni jalb etiş vazifasi alohida körsatib ötildi. Uşbu hujjatda suv ta’minoti, temir yöl, energetika infratuzilmasi, ekologik talablar va yuqori samarali texnologiyalarni kompleks qamrab oliş lozimligi ta’kidlandi.
Yiğilişda joriy yil uçun tarmoqda 90 ta loyiha doirasida 2 milliard 200 million dollar investitsiya jalb qiliş, 172,5 ming tonna mis, 120 tonna oltin, 210,5 tonna kumuş va 8 ming tonna uran işlab çiqariş vazifalari belgilangani qayd etildi.

Energetika resurslariga bölgan talab ortib borayotgan şaroitda kömir qazib çiqariş va uni qayta işlaş loyihalarini jadallaştiriş masalalariga e’tibor qaratildi. Aholi va sanoat korxonalariga kömir yetkazib beriş hajmini oşiriş yuzasidan vazifalar belgilandi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati doirasida “Muruntov” konini kengaytirişning navbatdagi bosqiçi, yangi konlarni özlaştiriş, murakkab rudalardan oltin ajratib oliş texnologiyalarini joriy etiş, şuningdek, ayrim yirik loyihalar böyiça investorlar bilan hamkorlik mexanizmlarini qayta körib çiqiş yuzasidan topşiriqlar berildi.
Metallurgiya yönalişida “Özmetkombinat”da işlab çiqariş hajmini oşiriş, içki xomaşyo bazasidan samarali foydalaniş, raqobatbardoş mahsulot turlarini köpaytiriş, bozor talabiga mos metall listlar işlab çiqarişni yölga qöyiş masalalari körib çiqildi. Bu borada xomaşyo ta’minoti, mahsulot turlarini diversifikatsiya qiliş va yangi bozorlarni özlaştiriş böyiça aniq çoralar belgilandi.
Şuningdek, geologiya-qidiruv işlarini kuçaytiriş, qöşimça zaxiralarni aniqlaş, yangi kon va investitsiya bloklarini investorlarga taklif qiliş, uglevodorodga istiqbolli maydonlarni iqtisodiyotga jalb etiş böyiça rejalar muhokama qilindi. Bu yönalişda joriy yilda oltin, kumuş, mis, uran va rux zaxiralarini sezilarli oşiriş vazifasi qöyildi.












