Toshkentdan olib ketilgan va Frankfurt-Mayn aeroportida boshqa samolyotga o‘tirgan afg‘onlarga Angliyaga kirish uchun zarur hujjatlari yo‘qligi sababli uchishga ruxsat berilmagan. Britaniyaning Germaniyadagi elchixonasida tushuntirilishicha, “Birlashgan qirollikka kirish huquqiga ega bo‘lgan barcha afg‘onlarga bunday huquq qisqa muddatlarda taqdim etiladi”.
Gissen federal yerining ijtimoiy masalalar bo‘yicha vazirligi vakilining ma'lum qilishicha, afg‘onistonlik 20 erkak, 19 ayol va 18 bola Gissendagi vaqtinchalik markazga joylashtirilgan. Biroq ular bu yerda qancha qolishi noma'lum.










