Toliblardan - toliblargaça. 11 sentabr va AQŞning xalqaro terrorizmga qarşi uruşlari tarixi
|04:14 / 13.09.202158 54238 min
11 sentabr teraktlari qariyb uç ming kişini hayotdan olib ketadi. Bunga javoban Qöşma Ştatlar xalqaro terrorizmga uruş e'lon qiladi — bu uruş yigirma yil davom etdi. Harbiy harakatlar çoğida koalitsiya harbiylaridan 8 mingdan ortiq kişi, Afğoniston, Iroq va boşqa mamlakatda yuz minglab tinç aholi vakillari qurbon böldi.
Ğalaba uçun kuraş butun sayyorada demokratik ğoyalarni yoyişni öz missiyasi deb bilgan, Ğarb dunyosi yetakçisi bölmiş AQŞning tört prezidenti davrida davom etdi. Yigirma yil ötib Amerika bu uruşlardan çarçadi. BBC mualliflari Amerikaning terrorga qarşi uruşi tarixini hikoya qilişadi.
9/11
2001 yil 11 sentyabrda AQŞ prezidenti kiçik Jorj Buş Oq uydan bir yarim ming kilometr masofada edi. Florida ştatining Sarasota şaharçasidagi boşlanğiç sinf öquvçilari, öqituvçilar va matbuot vakillari davrasida u ta'lim böyiça islohoti haqida gapirardi.
Buş maktabga endi borgan vaqtda mudhiş voqea haqida xabar berişadi: unga dastlab Nyu-Yorkda kiçik vintli samolyot Jahon savdo markaziga urilgani haqida aytişadi. Qöşimça tafsilotlardan xabardor bölmagan Buş sinfxonaga kirib, öquvçilar bilan salomlaşadi va stulga ötirib, bolalarning ifodali öqiş maşqlarini eşitişga tayyorlanadi.
Prezident ma'muriyati rahbari Endryu Kard eşik oldida turib Buşga ikkinçi minoraga ham zarba berilgani haqida qanday xabar beriş haqida öylardi: endi bu kiçik samolyotlar emas, balki «Boing» ekani ma'lum bölib ulgurgandi.
Kameralar prezidentga qaratiladi, Kard sözlarni ehtiyotkorlik bilan tanlaş kerakligini anglaydi. U partalar orasidan ötib, prezidentga egiladi va uning quloğiga şipşiydi: «Ikkinçi samolyot ikkinçi minoraga kelib urildi. Amerikaga hujum qilişdi».
«Bir lahzada prezidentning yuz ifodasi özgaradi. Men unga qaradim va nimadir yomon iş bölganini angladim», — deya xotirlaydi köp yillar ötib öşa sinfxonada bölgan qizçalardan biri.
Ammo keyingi yetti daqiqa davomida prezident Buş stulda harakatsiz ötiradi va bolalarni tinglaydi, bir neça savollarga javob qaytaradi, söng uzr söragan holda xonadan çiqadi. Oq qoğozga bir neça satrlar yozgaç, Buş bolalar va jurnalistlar qarşisiga qaytadi. «Terrorizmda bizga qarşi kuraşda imkon yöq», — deydi u.
Mavzuga oid
Prezident limuzinga çiqadi va uni birinçi raqamli bortga olib borişadi.
Öşa kuni terrorçilar tört samolyotni olib qoçişgandi. Ulardan ikkitasi Jahon savdo markazi binolariga urilgan, yana biri — Vaşington yaqinidagi Pentagonga hujum qilgan. Törtinçi samolyot ekipaji va yölovçilari esa terrorçilarga qarşilik körsatişga va samolyot boşqaruvini ulardan olişga urinişadi. Bu samolyot nişonga yeta olmasdan (köp ehtimol bilan u Vaşingtondagi Oq uy yoki Kapitoliyga borişi kerak edi), Pensilvaniyada böş dala maydoniga qulaydi. Şu kuni jami 2977 kişi halok böladi.
«2001 yil 11 sentyabrida biz özimizga haddan taşqari bino qöyib yuborganimizni çuqur anglab yetdik. Ustimizga olovli bulut, metall va kul yopirilgan öşa quyoşli kun minglab kişilarimizni hayotdan olib ketdi. Bu uruş boşqaça edi. Bizning sohillarimizga armiya keltirilmagan, nişon bizning harbiylar emasdi. Buning örniga imkon qadar köproq tinç aholi vakillarini öldiriş maqsadidagi terrorçilar kelişdi», — deya keyinroq öşa kunni ta'riflaydi AQŞning 44-prezidenti Barak Obama.
«Doimiy qörquv davri kelgandi — heç kim yana hujumlar bölmasligini kafolatlay olmasdi. Barça şokda edi. Odamlar avvaliga bu teraktlar ortida kim turganini bilişmasdi», deya eslaydi AQŞning sobiq Davlat kotibi Rouz Gettemyuller.
Öşa kuni keçqurun Buş e'lon qiladi: Oq uyning işonçi komil, AQŞga hujum ortida «Al-Qoida» terrorçilik guruhi rahbari Usama bin Lodin turibdi.
«Bizning terrorizmga qarşi uruşimiz «Al-Qoida» bilan boşlanadi, ammo bu bilan tugamaydi. Barça xalqaro terrorçilik guruhlari aniqlanib, töxtatilib, mağlub etilmagunça bu uruş tugamaydi», deydi Buş 20 sentabr kuni Kongressdagi çiqişida. Senatorlar va Vakillar Palatasi a'zolari prezidentni olqişlaşadi.
Amerika xalqi ham Buşning uruşga kiriş töğrisidagi qarorini sözsiz qöllab-quvvatlaydi. Prezidentning Kongressdagi çiqişini jonli efir orqali barça teletomoşabinlarning 79 foizi kuzatib turadi. Buşning reytingi sanoqli daqiqalar içida mamlakatni Buyuk inqiroz va Ikkinçi jahon uruşidan olib ötgan Franklin Ruzveltdan keyingi barça prezidentlarnikidan oşib ketadi.
Afğoniston. Uruşning boşlanişi
11 sentabr teraktlariga ikki kun vaqt qolganida afğon dala qömondoni Ahmad Şoh Mas'ud intervyu berişga hozirlanayotgandi.
Uçraşuvga jurnalistlar qiyofasidagi ikki xudkuş terrorçi keladi. Ular portlovçi qurilmani videokameraga yaşirişgandi.
Mas'ud oğir tan jarohati oladi — u bir kun ötib Duşanbedagi şifoxonada vafot etadi. Ma'lumotlarga köra, uşbu dala qömondoni Amerika maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgani uçun öşa vaqtda Afğonistonda yaşiringan Usama bin Lodinning buyruğiga köra öldirilgan.
Hududi böyiça Amerikaning Texas ştatiga teng bölgan Afğoniston yigirma yildan buyon fuqarolik uruşi girdobida edi. Bu vaqtga kelib «Tolibon» harakati mamlakatning 90 foiz hududini egallab olgan, unga şimolda turli kuçlar böysunmagan, harakatning asosiy raqibi Mas'ud rahbarligidagi Şimoliy alyans hisoblanardi.
«Men köp bor Afğonistonda bölganman va meni mamlakatning bepoyon hududi, ötiş qiyin bölgan toğlar hamda qarşilik kuçlarining umumiy maqsad sari qiyinçiliklarni yengib ötişi hayratga solgan», deya eslaydi NATO kuçlarining sobiq boş qömondoni, admiral Jyeyms Stavridis.
«Al-Qoida» toliblar nazoratidagi hududlarda özini xavfsiz sezar, bin Lodinning odamlari bu yerlarda terrorçilar uçun maşğulot lagerlari oçib, saflariga yangi tarafdorlarni yollaşardi. 11 sentyabrdan keyin kiçik Jorj Buşning tanlagan pozitsiyasi aniq edi: biz bilan birga bölmaganlar, terrorçilar tarafida böladi. U toliblarga ultimatum qöyadi — ular yoki bin Lodinni topşirişi kerak, yoki AQŞ ularni duşman sifatida köradi. Toliblar taklifni rad etişadi.
«Amerikaliklar 11 sentabr hujumlari ortida kim turganini bilişgaç, prezident Buşni va uning uruş boşlaş haqidagi qarorini qöllab-quvvatlaydi. Men ham bu yovuzlikni tugatiş uçun bor imkoniyatlarni işga soliş tarafdori edim», deya hikoya qiladi Rouz Gettemyuller.
2001 yil oktyabrida Amerika öz tarixidagi eng uzoq vaqt davom etgan uruşga kiradi.
«Tuşuniş kerakki, AQŞ terrorçilar tomonidan keng miqyosli hujumga uçragandi, bu terrorçilar maşğulotlar ötkazişi uçun boşqa bir davlat öz hududidan joy bergandi. Agar biz javob qaytarmaganimizda, bizga yana hujum qilgan bölişardi», — deya işonç bilan gapiradi admiral Jyeyms Stavridis.
Harbiy amaliyot muvaffaqiyatli keçadi: noyabr oyi boşidayoq toliblar Kobulni jangsiz taşlab çiqişadi, oy oxiriga borib ularning nazoratida faqat bir yirik şahar qolgandi.
Bundan taşqari, AQŞ «terror bilan uruş» doirasida «Al-Qoida» va uning ittifoqçilariga qarşi Afrikaning önlab davlatlari Filippin hududida köplab harbiy amaliyotlar ötkazadi.
Öşanda terrorçi guruhlarga qarşi harbiy harakatlar Amerika aholisining 90 foizi tomonidan ma'qullangan.
Bin Lodin qayerda?
2002 yil yil mart. Jorj Buş Oq uydagi matbuot markazidagi pyupitr (minbar) ortida turardi.
— Janob prezident, — qöl kötaradi jurnalistlardan biri. — Hozir siz çiqişingizda Usama bin Lodin nomini deyarli tilga olmadingiz. Nima uçun? Bundan taşqari, amerikaliklarning şu savoliga javob bera olasizmi: u tirikmi yoki ölgan?
— Bilganim şuki, bu odam qoçib yuribdi, agar u tirik bölsa, albatta. Aniq aytib bölmaydi, u qaysi ğorda yaşiringan. Biz ançadan buyon u haqda heç narsa eşitmadik. Ammo siz e'tiboringizni bir odamga qaratganingiz odamlar missiya kölamini töliq tuşunmasligini anglatmoqda. Şunday ekan, men u qayerdaligini bilmayman. Oçiğini aytganda, men bu borada köp qayğurmayman. Men askarlar ta'minoti yaxşi bölişi haqida öylayman - strategiyamiz aniq, koalitsiya esa kuçli bölişi uçun.
Uruşning dastlabki bosqiçidagi ulkan muvaffaqiyatlarga qaramay, amerikaliklar bin Lodinni tuta olişmaydi.
2001 yil oxirida Amerika qömondonligi bor e'tiborini Afğoniston janubi-şarqidagi Tora-Bora toğlariga qaratişadi. Toliblar nazoratidagi hudud ğorlarida «Al-Qoida» a'zolari yaşiringandi.
Bir neça yil ötib Afğonistondagi Amerika harbiylari qömondoni, general Tommi Frenks tan oladi: «Biz şu vaqtgaça 2001 yil dekabrda bin Lodin çindan ham Tora-Borada bölganmi-yöqmi, bilmaymiz. Razvedkaning bir manbasi u şu yerdaligini aytgan, boşqasi u Pokistonga qoçgani haqida gapirgan. Tora-Bora «Tolibon» va «Al-Qoida» jangarilari bilan tölib toşgandi, ammo heç qaçon bin Lodinga yaqinlaşa olmaganmiz».
Ammo uning oxirgi gapi töğri bölib çiqmadi. 2009 yilda AQŞ Senatining xalqaro işlar böyiça qömitasi Tora-Boraga hujum böyiça tekşiruvni yakunladi. Ma'lum bölişiça, Pentagonning öşa vaqtdagi rahbari Donald Ramsfeld va general Tommi Frenks birinçi raqamli terrorçini ğorlar kompleksidan qidiriş uçun juda kam odam ajratgan, şu tufayli Tora-Boradagi harbiy harakatlar arafasida uşbu hududda bölgan bin Lodin qoçib ketişga muvaffaq bölgan, natijada Afğonistonda uruş tugamagan.
Bu AQŞning «Al-Qoida» bilan uruşi tarixidagi eng katta muvaffaqiyatsizlik böladi.
«Ortga nazar taşlab, Afğonistondan amaliyotning birinçi yilidan keyinoq çiqib ketişimiz kerak bölgani va Iroqqa kirişimiz kerak bölmagani haqida öylayman. Men bu gaplarni aynan bugungi kun pozitsiyasidan turib aytmoqdaman. Öşanda — 2002-2003 yillarda men brigada qömondoni edim. Bizning oldimizga vazifa qöyilgandi. Men bilganim, körganim, işonganimga asoslangan holda töğri iş tutyapmiz deb öylaganman», deya hisoblaydi amerikalik general Ben Hodjyes. U Barak Obama prezidentligi davrida Afğonistondagi xalqaro koalitsiya amaliyotlarini boşqargan.
Usama bin Lodin öz-özidan amerikaliklarning asosiy duşmani bölib qolaverardi, ammo 2002 yilning birinçi yarmiga kelib amaldorlar odamlarga şuni uqtira boşlaşadi: «Al-Qoida» yetakçisining taqdiri harbiy amaliyot muvaffaqiyati ölçovi bölmasligi kerak.
Şunga qaramay, 2002 yil boşida amerikaliklarning 83 foizi AQŞning toliblar va «Al-Qoida»ga qarşi harbiy kampaniyasini ma'qullardi.
Yangi uruş. Iroq
2002 yil oktyabrida illinoyslik siyosatçi Barak Obama Çikago markazida uruşga qarşi mitingda çiqiş qiliş uçun taklif etiladi. 41 yoşda bölgan Obama öşanda Senatga saylanişni közlagandi, şuning uçun u bu taklifga ehtiyotkorlik bilan yondaşadi.
Bir tomondan, uning saylovoldi ştabida Iroqdagi uruşni keskin qoralaş Obamaga oçkolar keltirişi va Demokratik partiyadagi pozitsiyani mustahkamlaşga yordam berişiga işonç bildirganlar bor edi. Boşqa tomondan, Amerika hali 11 sentyabrni unutmagan, bunday fonda uruşni qoralaş aksinça, uning kampaniyasiga xalal berişi ham mumkin edi.
Miting kuni Barak Obama sahnada turib şunday deydi: «Ruxsatingiz bilan avvalboşdan şuni aytamanki, bu uruşga qarşi miting bölsa ham, men uruşga butkul qarşi bölgan odam emasman». Yiğilganlar jim qoladi.
Obama AQŞdagi Fuqarolik uruşini, 1941 yil Perl-Harborga qilingan hujumni eslaydi va şundan söng Afğoniston va Iroq mavzusiga ötadi: «11 sentyabrdan keyin, vayronkorlik, çang va közyoşlarni körib, men prezident ma'muriyatining begunoh odamlarni öldirayotgan yovuzlikka qarşi toqatsizlik körsatiş borasidagi qarorini qöllab-quvvatladim. Bu fojia takrorlanmasligi uçun özim ham mamnuniyat bilan qurol olgan bölardim. Ammo men ahmoqona uruşlarga qarşiman. […] Men aqlga emas, ehtiroslarga tayangan, prinsiplarga emas, siyosiy maqsadlarga asoslangan uruşlarga qarşiman. Oydinlik kiritişimga ruxsat bersangiz: men Saddam Husayn borasida illyuziyaga berilmayman. U hokimiyatni saqlab qoliş uçun öz xalqini öldirib kelayotgan şafqatsiz va rahmsiz odam. […] Ammo men yana şuni bilamanki, Saddam AQŞga yoki öz qöşnilariga töğridan töğri xavf solmayapti».
Kiçik Jorj Buş boşqaçaroq fikrda edi. Saddam Husayn rejimi uni 11 sentyabrdan oldin ham ğazablantirardi, katta ehtimol bilan bunday qaraş unga otasidan ötgandi: Katta Buş, AQŞning 41-prezidenti ham Iroqda uruş olib borgan, ammo 1991 yilda. Öşanda iroqlik diktator Saddam Husayn rejimi katta neft havzalariga ega çiqiş uçun qöşni Kuvayt hududini bosib olişga qaror qilgandi.
Ammo katta Buş Husayn rejimini ağdara olmagan — qisqa muddat olib borilgan harbiy harakatlardan keyin katta qurbonlik bermaslik uçun amerikalik harbiylar uşbu mamlakatdan olib çiqilişini e'lon qilgan.
2001 yilda Pentagon rahbari bölgan Donald Ramsfeldning eslaşiça, kiçik Buş 11 sentyabrdagi teraktlardan 15 kun oldin undan Iroqqa qarşi uruş oçiş imkoniyatlarini körib çiqişni söragan.
Egizak binolar qulaganidan keyin bu mavzu yana kun tartibiga çiqdi. Yagona muammo — Iroqqa bostirib kiriş uçun yaqqol sabab yöq edi, Saddam Husaynning «Al-Qoida» va Usama bin Lodin bilan aloqalari borasida heç qanday dalil bölmagan.
Ammo 2002 yil yanvaridayoq Buş Iroq «yovuzlik kuçlari» tomonida ekani va özining «vayronkor qurollari» bilan AQŞ xavfsizligiga tahdid solişi haqida gapira boşlagandi. Amerika maxsus xizmatlari Bağdodda yadro bombasi yöqligini aniq bilişgan, ammo Husaynda biologik qurol bor-yöqligi borasida aniq xulosaga kela olişmagan.
Şunga qaramasdan, 2003 yil fevralida AQŞ Davlat kotibi Kolin Pauell BMT Xavfsizlik kengaşida Vaşington Saddam Husayn rejimida ommaviy qirğin qurollari borligi borasida aniq ma'lumotga egaligi haqida aytadi.
Bir oydan keyin Iroqda uruş boşlanadi. Bu vaqtda amerikaliklarning taxminan 64 foizi uruşni yoqlayotgandi.
Şubhalar
AQŞ Iroqqa 130 mingdan ortiq harbiy jönatadi – bu mamlakat qurolli kuçlarining taxminan 10 foizlik qismi edi. Vaşingtonning ittifoqçilari ham 50 mingga yaqin askar yuboradi. Qudratli köringan Iroq armiyasi amerikaliklarga jiddiy qarşilik körsata olmaydi.
«Iroqlik harbiylar sovetlar namunasidagi texnikalar bilan jihozlangandi. Ularning armiyasi juda va juda katta edi, armiya — mamlakat mudofaasi uçun bir neça diviziya tuziladi. Agar operatsiya maqsadi Iroqdagi rejimni ağdariş bölsa, quruqlikda nafaqat odatiy armiya bölinmalari, balki maxsus topşiriqli kuçlar ham joylaştirilişi va ular hamjihatlikda harakatlanişi talab etilardi», — deya vaziyatni baholagan general Ben Hodjyes.
9 aprelga kelib — Iroqqa bostirib kirilganidan ikki haftaga yaqin vaqt ötib Bağdod AQŞ harbiylari nazoratiga ötadi. 2003 yil 1 may kuni Buş ğalaba haqida e'lon qiladi. U Iroqda qilinadigan işlar hali köpligi, lekin «buriliş nuqtasidan allaqaçon ötilgani»ni qöşimça qiladi.
Mamlakatda baribir ommaviy qirğin quroli topilmaydi.
Bu vaqtda muxolifat pozitsiyasidagi AQŞ Demokratik partiyasi vakillari Buşni tanqid qilişga kirişadi, katta qurbonliklar va tartibsizliklarga guvoh bölgan jurnalistlar esa prezident ma'muriyatini savolga tuta boşlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda — öşa vaqtda AQŞda MySpace’dan keng foydalanilardi — Barak Obamaning öşa uruşga qarşi mitingda aytgan sözlari matni virus kabi tarqaladi.
Vaqt ötgan sayin Iroqdagi vaziyat yomonlaşa boradi.
«Bu juda ğalati tuyğu. Eslayman, Iroqqa birinçi safarimiz oxirida men şunday öylagandim: "Bu iş berdi!" Men bizda hammasi joyida ekanini his qilganman. Albatta, men Iroq şimolidagi kiçik uçastka uçungina javobgar edim — Mosul va undan janubdagi hududga. Ammo menga biz barçasini töğri qilayotgandek va bizning strategiyamiz özini oqlayotgandek tuyulardi. Şu tufayli men ikkinçi bor, 2005 yilda Iroqqa kelganimda ham juda optimistik kayfiyatda edim, keyin 2006 yilda yana keldim. Bu safar esa barçasi butunlay boşqaçaligini kördim. Töqnaşuvlar yanada qonli tus olar, vaziyat yana va yana murakkablaşar, duşman esa kuçayib borardi», — deya eslaydi general Hodjyes.
Amerikaliklarning raqiblari xuddi sahroga singib ketgandek ğoyib bölişar, partizan uruşlari taktikasida harakat qilişardi — pistirmalar örnatilar va koalitsiya harbiylariga kutilmagan hujumlar uyuştirilardi. Bunga javoban AQŞ Iroqdagi kontingentni oşiradi. Qurbonlar soni ortişi davom etadi.
Ştatlarda kiçik Buşni tanqid qiliş avjiga çiqadi. Iroqning Abu-Greyb şahridagi qamoqxonada mahbuslarga qiynoq qöllangani mojarosi vaziyatni yanada keskinlaştiradi. Saddam Husayn davrida qurilgan kompleksda amerikalik harbiylar koalitsiyaga qarşi jinoyatlarda ayblanib qölga olinganlarni saqlaşardi. OAVda nozir qöli boğliq mahbuslarni qiynayotgani va tahqirlayotgani aks etgan fotosurat tarqaladi. Ayblanuvçilar zörlanadi, qamoqxonadagi hojatxona unitazidan ovqat olib yeyişga majburlanadi, tok bilan qiynoqqa solinadi, yalanğoç qilib yeçintiriladi va bir-birining ustiga çiqib piramida şakli hosil qiliş buyuriladi. Bu şov-şuvdan keyin qiynoqlarda iştirok etgan sakkiz nafar harbiyga real qamoq jazosi tayinlanadi. Ular orasida birorta ofitser bölmagan.
Abu-Greybdagi mojaro amerikaliklarga yangidan yangi hujumlar uyuştirilişiga sabab böladi. Buş Iroq masalasida «ayrim xatolar»ga yöl qöyganini tan oladi, ammo qöşimça harbiy bölinmalarni yuboriş orqali bu xatolarni tuzatiş mumkinligini qöşimça qiladi. 2007 yilda Iroqda bir vaqtning özida 170 mingdan oşiq amerikalik harbiylar bölgan - hukumat tomonidan yollangan xususiy harbiy kompaniyalar jangçilaridan taşqari.
«Yildan yilga harbiy rahbarlar ham, amaldorlar ham oldinga qöyilgan vazifa bajarilişi, uzil-kesil ğalabaga erişiş imkoniyatlarini körardilar. Eslaymanki, biz yildan yilga özimizga takrorlardik: biz ğalaba qozonamiz, bu işni yakunlab qöyiş uçun şunçaki yana bir yil yoki yana bir neça ming askar kerak.
Barça uçun gapirmoqçi emasman, ammo men özim çindan ham şunday öylardim, yana ozgina va biz barça qiyinçiliklarni ortda qoldiramiz. Afsuski, men xato öylardim», — deydi general Hodjyes.
2006 yil apreliga kelib amerikaliklarning 64 foizi Buşning Iroqdagi harakatlarini ma'qullamayotgandi.
Noayon maqsad
2008 yil. Afğonistonda toliblar kuç töplay boşlaşadi, amerikaliklarning harbiy karvonlarini öqqa tutişadi, yöllarni minalaştirib, blokpostlarga hujum qilişadi. Iroqda — jimlik, AQŞ faol harbiy harakatlar olib bormasdi.
Amerikalik Piter Lyuser dengiz piyodasi böladi — u AQŞ harbiy-dengiz kuçlari ilğor bölinmasi tarkibiga kiradi. Piter 19 yoşda edi va harbiy harakatlar haqida asosan sevimli kitoblaridan bilardi.
Xuddi şu vaqtda AQŞ prezidentligi saylovlarida «ahmoqona uruşlar»ga qarşi bölgan Barak Obama ğalaba qozonadi. U avvaliga «terror bilan uruş» nomini olgan harbiy amaliyotlar kölamini qisqartiriş tarafdori bölgan esa-da, uning boşqaruvining dastlabki yillarida Afğonistondagi amerikalik harbiylar soni faqat oşirib boriladi va 100 ming kişiga yetadi. Obama «terrorga qarşi uruş» konsepsiyasidan voz keçib, bor e'tiborini «Al-Qoida»ga va bin Lodinni qidirişga qaratadi.
2009 yil iyulida Piter Afğonistonga jönaşidan xabar topadi. Ketişgaça uç oy vaqt bor edi.
«Men bunga tayyor edim, ammo biroz asabiylaşdim. Balki, mening bir qismim men bulardan çetda qolaman va heç qayerga bormayman deb öylagandir. Lekin bunday bölib çiqmadi».
Lyuserdan uruş haqida söraşganida, u hamişa birinçi jasadni qaçon körgani haqida aytib beradi. Amerikaliklar blokpostiga hujum qilingandi. Tarkibida Lyuser ham bölgan piyodalar patruli havodan yordam jönatilişini söraydi. Aviatsiya tört nafar duşmanni öldiradi.
«Qahri qattiq katta serjant mendan öldirilganlarni körişni istaysanmi, deb söradi. Men rozi böldim. Men kötarma tepalikdan tuşdim va 30 millimetrli snaryad nimtalab taşlagan odam yelkasiga nazar taşladim. Va men heç narsa his qilmadim. Bu uşbu odam ölimiga sabab bölgan aviazarba bilan yakunlangan, juda oğir va uzoq davom etgan kun bölgandi. Menda nimadir his qiliş uçun şunçaki kuç va vaqt yöq edi», deya xotirlaydi Lyuser.
Bu vaqtga kelib u Afğonistondagi uçinçi oyini ötkazayotgandi. U duşman bilan yuzma-yuz kelmagan, ularning tanasini körmagan. Piyodalar maqsadni bilmasdan, muvaffaqiyat nima bilan ölçanişini tuşunmasdan doimiy ravişda Hilmand böylab köçib yurardi. Içki böşlik ayniqsa Hilmanddagi köknori dalalarida bilinardi», deydi Piter Lyuser.
U Afğonistonda yetti oyni ötkazadi.
«U yerda umumiy kartinani köriş qiyin edi. Taktik, operativ va strategik maqsadlar aniq emasdi. Va heç kim, menimça, bularni bizga körsatişga urinmasdi. Biz şunçaki nimani aytişsa şuni qilardik. Biz katta pazlning kiçik qismlari edik va heç narsani tuşunmasdik».
Afğoniston bilan Lyuserni köplab oğriqlar, yöqotişlar va umidsizliklar boğlab turadi. Uruş uzoq davom etadi, jamiyat esa muammoni inkor qilardi, deydi u. Afğonistondagi harbiy kampaniyaning dastlabki ön yilida Amerika 2000 nafarga yaqin harbiysini yöqotadi.
«AQŞga qaytganimda men juda ğazabda edim. Tinç aholiga, dengiz piyodalariga, oilamga va döstlarimga, köçalardagi odamlarga, Xudoga ğazab qilardim. Kimdir «Tolibon» Afğonistonga foyda keltirdi deb aytadi deb öylamayman. Ammo uruş Amerikani xavfsizroq qildimi? Milliy manfaatlarni ilgari surişga yordam berdimi? Biz uruşganimiz uçun hayot yaxşiroq bölib qoldimi? Öylaymanki, buning javobi — yöq».
Afğonistonda ikki yil xizmat qilgan general Hodjyes bu savollarga boşqaçaroq javob qaytaradi.
«Katta siyosiy xato şunda ediki, AQŞda Afğoniston va Iroqdagi harbiy harakatlar xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni kötarişmasdi. Nafaqat Buş, balki demokratlar administratsiyasi ham bizning maxsus amaliyotlarimiz uçun soliq vedomostida qöşimça qator kiritmagan. Şuning uçun amerikaliklarning katta qismi xorijdagi voqealarga özini aloqador his qilmagan. Buni faqat öz yaqinlarini Iroq yoki Afğonistonga yuborganlar his qilişgan. Qolganlar uçun esa uruş qayerdadir uzoqlardagi hodisalar edi.
Şu tufayli jamoatçilik hukumatga kerakliça bosim ötkazmagan, barçasi tezroq tugaşini talab qilmagan. Aynan şuning uçun mazmunsiz uruş uzoq çözildi», deb hisoblaydi general Hodjyes.
2010 yilda Barak Obama Iroqdan asosiy kontingentni olib ketadi. Mamlakatda 50 ming atrofida harbiy xizmatçi qoladi. Öşanda AQŞ vitse-prezidenti bölgan Jo Bayden harbiy amaliyotlar yakunlanganini e'lon qiladi.
«Barak Obama AQŞ va ittifoqçilarning harbiy amaliyotlardagi iştirokini qisqartirişga harakat qiladi, kontingent köproq mahalliy harbiylarni öqitiş, maslahatçilik qiliş bilan şuğullanişi va mahalliy armiya mustaqil ravişda öz mamlakatini himoya qilişga qodir bölişi uçun uni qöllab-quvvatlaşi közda tutiladi», — deya Obama administratsiyasining pozitsiyasini izohlaydi davlat kotibining sobiq örinbosari Rouz Gettemyuller.
Obamaning harbiylarni Iroqdan olib çiqiş töğrisidagi qarorini amerikaliklarning 78 foizi qöllab-quvvatlaşadi.
Birinçi raqamli terrorçining yöq qilinişi
2011 yilning mayi. Pokiston şimolidagi Abbottabad şaharçasi aholisi baland devorlar bilan öralgan villaga ortiqça e'tibor qaratmasdi — uning darvozalari ahyon-ahyonda oçilardi.
Ammo bu uyni amerikalik harbiylar sinçkovlik bilan kuzatib kelişardi. 2 mayga ötar keçasi maxsus topşiriqli bölinma harbiylari uy devorini portlovçi qurilmalar bilan portlatişadi. Villada yaşovçilarning bir neça nafari otib taşlanadi, ular asosiy uyning ikkinçi qavatiga kötariladi — zina orqali uçinçi qavatga ham çiqişadi va u yerda Usama bin Lodinni topişadi.
Jangçilar öt oçişadi, ammo öqlar xato ketadi. Bin Lodin yotoqxonaga yaşirinadi. Eşikni oçib, harbiylar terrorçini öqlardan tösib turgan ikki ayolni körişadi. Yaqin orada avtomat turardi, ammo bin Lodin uni olişga ulgurmaydi — uni joyida otib taşlaşadi.
Oq uyda uşbu amaliyot borişini real vaqt rejimida kuzatib turganlar jimlik saqlab turişadi. Nihoyat Barak Obamaning We got him («Biz uni qölga tuşirdik») degan sözlari yangraydi.
Ammo bu hali yakun emasdi.
IŞIDdan yana toliblargaça
2015 yil mayida respublikaçi Jyeb Buş öz akasining izidan bormoqçi bölib, nomzodini prezidentlik uçun körsatadi.
Buş Nevada ştatining Rino şaharçasiga öz dasturini bayon etiş uçun keladi. U yiğilganlarni Barak Obamaning harbiylarni Iroqdan olib çiqiş qarori IŞID kötarilişiga olib kelganiga işontirmoqçi edi.
2014 yilga kelib IŞID Iroq şimolidagi hududlarni, şu jumladan, mamlakatning ikkinçi yirik şahri Mösulni egallab olgandi. Amerikaliklar harbiylarni uşbu mamlakatga qaytarişiga töğri keladi. 2015 yilda xalifalik e'lon qilgan uşbu terrorçi guruh Iroq va Suriyada jami 70-90 ming kvadrat kilometrlik maydonni egallab olgandi. Jangarilar butun dunyo böylab teraktlar uyuştira boşlaydi.
Jyeb Buş bilan uçraşuvda Nevada universitetining 19 yoşli talabasi Ayvi Zidrix sabr qilib tura olmaydi:
— Siz aytmoqçisizki, IŞID biz Yaqin Şarqdan ketganimiz uçun paydo böldi. Ammo IŞID Iroq hukumatini ağdargan koalitsiya harakatlariga javoban yuzaga kelgan. Iroq qurolli kuçlarida xizmat qilgan 30 ming kişi öz lavozimini yöqotgan. Ular işsiz va pulsiz qolişgan, ammo ularda qurol bor edi. Şunday ekan, IŞIDni sizning akangiz yaratgan.
Jyeb Buş qizning yelkasiga qoqadi va deydi: "Bu yerda savol qani?"
— Menga örgatişning keragi yöq. Siz şunçaki savolimga javob berişingiz mumkin.
— Örgatiş? Seni qarayu, — deya hayratini yaşirmaydi Jyeb Buş va yana gapni Obamaga buradi.
Bu bahsda tahlilçilar talaba Ayvi Zidrixni haq deb bilişadi.
Amerika harbiylari amaliyotlari köp hollarda tinç aholi orasida köplab qurbonlarga olib kelgan — bu mahalliy aholi, ayniqsa uruş va zöravonliklar davrida ösgan yoşlar radikallaşişiga sabab bölgan. Bundan taşqari, amerikaliklar bir soat içida Saddam Husayn armiyasini tarqatib yuborib, qariyb yarim million yaxşi qurollangan va yaxşi ta'lim körgan askarlarni işsiz qoldiradi. Keyinroq ularning köp qismi IŞID safida dala qömondonlariga aylanadi. Ma'lumotlarga köra, IŞID rahbari Abu-Bakr al-Bağdodiy ham amerikaliklarning Bukkadagi lageridagi mahbuslik çoğida radikallaşgan.
2014 yilda egallab olingan Mösulni uç yil ötibgina qaytarib olişga muvaffaq bölişadi. Bu vaqtga kelib "terrorizm bilan uruş" Amerikaning navbatdagi yetakçisi — Donald Trampga meros bölib ötgandi.
Bu davrda amerikaliklarning qariyb yarmi — 49 foizi — AQŞ Afğonistonda öz maqsadiga erişa olmadi, deb hisoblardi. 35 foizi harbiylarning muvaffaqiyatlarini ijobiy baholagan, qolganlar aniq pozitsiyaga ega emasligi ma'lum bölgan.
Toliblar bilan kelişuv
2020 yil fevralida Qatarning Doha şahrida Amerika administratsiyasi vakillari toliblar bilan uçraşadi. "Tolibon" ikkita muhim va'da beradi: birinçidan, afğon hukumati bilan tinçlik muzokaralariga kirişiş, ikkinçidan, terrorçi taşkilotlar, birinçi navbatda — "Al-Qoida" bilan aloqalarni uziş. Keyinçalik ikki va'da ham bajarilmadi.
Mutaxassislar bu kelişuvni qörqinçli darajada yon beriş deb baholaşadi — toliblar kelişuvga amal qilmasliklari ayon edi. Ammo bu vaqtda amerikaliklar içki siyosiy muammolari — avvaliga impiçment, keyin pandemiya va iqtisodiy qiyinçiliklar bilan şunçalar band bölib qoladiki, ular Afğonistonga alohida e'tibor qarata olişmasdi.
"Tramp şunçaki Afğonistondan ketişni istardi, — deydi prezidentning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jon Bolton. — U biz Afğonistonga juda köp pul va vaqt sarflayapmiz degan fikrda edi. Uni bir neça yil mobaynida terrorizmdan köçalarimizda yoki Amerika osmonida himoyalangandan köra, Afğonistonda himoyalangan ma'qul ekaniga işontirib kelgan bölişsa-da, alal-oqibat u Afğonistondan ketişni istadi. Unga buni qanday qilişning farqi yöq edi".
Boltonning sözlariga köra, uning özi prezidentni bunday qilmaslikka undagan – uşbu mamlakatda harbiylarni qoldiriş orqali toliblarni kuzatiş, şuningdek Pokistondagi vaziyatdan xabardor böliş hamda Eronning rejalari qandayligini bilib turiş mumkin edi.
"Tramp qaçondir bin Lodin uşlanişi yoki "Al-Qoida" yöq qilinişiga qarşi bölgan deb öylamayman. Ammo uning boşi Respublikaçilar partiyasi yadrosi adoqsiz uruşni yakunlaşni istaydi, degan ğoya bilan band edi”, — deydi Bolton.
Amerikaliklar Jo Baydenni prezident etib saylaşganida, AQŞ Afğonistonda uruş qilayotganiga yigirma yil bölgandi. Ötgan vaqt davomida ikki trillion dollardan ortiq mablağ sarflangandi. Minglab amerikalik askarlar va ön minglab afğonlar uruş qurboniga aylangandi.
Jo Bayden prezidentlik kampaniyasi vaqtida harbiylarni baribir Afğonistondan olib çiqiş va'dasini beradi. 2021 yil apreli örtalarida u şunday e'lon qiladi: jarayon "tartib bilan olib boriladi" va 11 sentabr voqealarining 20 yilligida yakunlanadi.
"AQŞ, mohiyatan, "kelişuv şartlari bajarilişi evaziga harbiylarni olib çiqiş" yondaşuvidan voz keçdi va men qörqamanki, toliblarni "Al-Qoida" bilan aloqalarni uzişga majburlovçi vositadan ham mahrum böldi", — deydi Trampning aksilterror masalalar böyiça maslahatçisi Neytan Seyls.
2021 yil yozida Seyls özining sobiq rahbari va "Tolibon" örtasida tuzilgan kelişuvni oqlaşga urinadi. U Tramp harbiylarni faqat toliblar öz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajargan taqdirda olib çiqişga rozi bölganini ta'kidlaydi. Uningça, kelişuvga amal qilinmagan taqdirda AQŞ Afğonistonda bir neça bölinmalarni qoldirişi nazarda tutilgan. Seylsning fikriça, Tramp davrida Suriya tajribasi katta bölmagan kontingent bilan raqibni tiyib turiş mumkinligini körsatgan.
"Uçuvçili va uçuvçisiz uçiş apparatlari bilan ta'minlangan, quruqlikdagi bir neça ming kişilik, katta bölmagan guruhlar "Al-Qoida"ga bosim ötkazib, terrorçilar Afğonistonda yana boşpanaga ega bölişining oldini olib turgan bölardi", deya hisoblaydi Seyls.
NATO kuçlarining sobiq boş qömondoni, admiral Jyeyms Stavridis esa boşqaça fikrda: "Agar Tramp qayta saylanganida ham, biz baribir Afğonistondan çiqqan bölardik. Katta ehtimol bilan, bu ertaroq röy bergan bölardi".
AQŞda sönggi oy davomida jamoatçilik fikrini örganiş uçun bir neça sörovlar ötkazildi va aniqlanişiça, 53 foizdan 63 foizgaça bölgan respondentlar — qanday savol qöyilişidan qat'i nazar — Afğonistondan harbiylar olib çiqilişini ma'qullagan. Ammo evakuatsiya jarayoni qanday amalga oşirilgani 74 foiz amerikalikni qoniqtirmagan.
Tugallanmagan uruş
Yigirma yil içida afğon muammosini heç kim hal qila olmadi. Jorj Buş asosan Iroq bilan band böldi. Barak Obama Iroqqa kirişni xatolik deb atadi, ammo Afğonistonda esa dastlab kontingentni köpaytirdi, keyin kamaytirdi. Donald Tramp toliblar bilan kutilmagan kelişuvni imzoladi. Jo Bayden Afğonistondan tinç çiqib ketişga harakat qildi, ammo yakunda Kobuldan evakuatsiya jarayonida yuzaga kelgan xaos uçun mas'uliyatni öz zimmasiga olişiga töğri keldi.
"Amerikaliklar, ayniqsa yoşlar, Afğonistonda röy berayotgan voqealarni tugamaydigan ziddiyat deb qabul qilişadi. Ular AQŞ bu yerda ğalaba qozona olmaydi deb hisoblaşadi, çunki ular bu uruşda qança odam halok bölgani va yaralanganidan xabardor. Amerika jamoatçiligi Afğonistondan ketiş qarorini qabul qilişga tayyor edi", — deydi sobiq davlat kotibi örinbosari Rouz Gettemyuller.
Ammo amerikaliklar bunday ketişga tayyor emasdi. 2001 yil 11 sentyabri arafasida bölgani kabi "Tolibon" yana hokimiyatga qaytgan va yana mamlakatda öz tartibini örnatgan va hamon avvalgidek bu uruşlar boşlanişiga sabab bölgan teraktlarni uyuştirgan "Al-Qoida" bilan qalin aloqalarni saqlab qolgan.
Demak, terrorga qarşi uruşda ğalaba qozonib bölmaydimi?
"Uni faqat qattiqqöl kuç yordamida yengiş imkonsizligi aniq, — deya hisoblaydi admiral Stavridis. — Ammo qattiq va yumşoq kuçlar qorişmasi — diplomatiya instrumentlari, iqtisodiy yordam, ta'lim terrorizm xavfini sezilarli darajada kamaytirişi mumkin". Nima bölmasin, Stavridisning işonçi komilki, sönggi yigirma yillikda dunyo xavfsizroq böldi — asosan "Al-Qoida" mağlub etilişi evaziga, hozirda bu guruh qoldiqlari faqat omon qoliş payida.
Qirollik mudofaa tadqiqotlari institutining britaniyalik eksperti, Iroqda va Afğonistonda qirollik harbiy-havo kuçlari safida xizmat qilgan Pol ÖNil uning fikriga qöşilmaydi:
"Men 11 sentabr voqealaridan 20 yil ötib dunyo xavfsiz bölib qolgani yöq deb hisoblayman. Terrorizmga qarşi muvaffaqiyatli kuraşiş mumkin, davlat bu işni asrlar davomida qilib kelmoqda. Ammo, menimça , "terror bilan uruş" atamasi xuddi "giyohvandlik bilan kuraş" atamasi kabi ma'no kasb etib qolgan. Birinçidan, uruşda juda aniq maqsad qöyiladi va maqsadga qaçondir erişilib, uruş yakunlanadi. Ammo terrorizm — bu yakuni yöq hodisadir. Va armiya — bu sohadagi vazifalarni hal etiş uçun eng yaxşi instrument emas. Harbiylar muayyan yakuniy vazifani hal qiliş uçun yönaltiriladi. Va agar ularga muddatsiz maqsad qöyilsa — masalan, terror bilan uruş vazifasi bölsa, muammolar boşlanadi".
"Menimça, xatolik şundaki, biz Afğoniston va Iroq harbiylariga haddan taşqari köp sarmoya kiritganmiz, ammo bu mamlakatlarda politsiya, sud va yuridik tizimlar rivojlanişi uçun yetarliça sa'y-harakatlar qilinmagan. Faqat şunday institutlar orqali ayrim mamlakatlarda terrorizmga qarşi kuraşda ijobiy tajriba taqdim etgan", — deya xulosa qiladi ÖNil.
"Biz 20 yil oldingiga qaraganda ança yaxşi vaziyatdamiz, — deydi amerikalik Neytan Seyls. — AQŞ va bizning NATO böyiça hamkorlarimiz terrorizmga qarşi kuraşda qöllaş mumkin bölgan instrumentlar töplamini işlab çiqdi. Bu nafaqat dronlar yoki maxsus topşiriqli otryadlar. Koalitsiya mamlakatlari prokurorlari notinç hududlardagi yuristlarni öqitdi va ularga jang maydonlarida topilgan dalillarni qayta işlab, ularni sudda qanday taqdim etiş böyiça maslahatlar berişdi. Amerikalik çegaraçi ekspertlar Afrika davlatlaridagi aeroportlar xodimlari bilan uçraşuvlarda ularga ötiş punktlarida yölovçilarni qanday tahlil qilişni örgatişdi va ularga xavfli sayohatçilarni qanday aniqlaşda yordam berişdi. 20 yil oldin bularning heç biri bölmagan".
Global jarayonlarga aralaşiş kerakmi yoki faqat milliy manfaatlarni közlaşmi? Pol ÖNilning fikriça, siyosatçilar bu borada dam bu tomonga, dam boşqa tomonga oğişadi.
"Global ziddiyatlar barham topganida mamlakatlar öz milliy manfaatlariga qaytadi. Şunda yillar böyi tinçlik va xotirjamlik hukm suradi. Öşanda siyosatçilar dunyoda juda qörqinçli işlar bölayotganini qayd etişadi. Ular bunga aralaşiş kerak deb hisoblaşadi. Avvaliga barçasi juda yaxşi ketadi. Keyin esa birdaniga barçasi yaxşi ketmay qoladi. Öşanda siyosatçilar yana milliy manfaatlar bilan boğliq masalalarni hal qilişga qaytişadi", — deya ta'riflaydi ÖNil Afğoniston atrofidagi voqealarni.
Iroqda amerikaliklar öz asosiy maqsadiga erişgan — Saddam Husayn ağdarilgandi, ammo mamlakatda yana köp yillar qolib ketişdi. Afğonistonda amerikaliklar öz oldlariga qöyilgan maqsadlarning heç biriga erişa olişmadi, Pokiston hududida 11 sentabr teraktlari taşkilotçisi Usama bin Lodin yöq qilinganidan taşqari. Afğonistonda demokratiya örnatişning uddasidan çiqilmadi. Global terrorizmni mağlub etiş vazifasi ham bajarilmadi. Hokimiyat yana toliblar qölida, AQŞ esa şoşilinç ravişda harbiylari va fuqarolarini evakuatsiya qildi — bu yillarda teraktlarning oldini olişni örgandik va 11 sentabr boşqa qaytarilmaydi degan umidda.