Myanmada ötgan dam oliş kunlari Çin ştati va Maguey regionidagi mahalliy aholi vakillaridan tuzilgan qarşilik kuçlarining harbiylarga hujumi vaqtida 50 ga yaqin harbiy va politsiyaçi öldirildi. Bu haqda The Irrawaddy naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, 11 sentyabrda qarşilik kuçlarining 200 ga yaqin a'zosi Çindagi qişloqlardan biridagi postga hujum qilgan, biroq keyinroq ortga çekingan. Öşa kuni keçki payt ular 400 ga yaqin kişi bilan yana bir urinişni amalga oşirib, postni egallab olişga muvaffaq bölişgan. Otişma vaqtida 12 harbiy halok bölgan, qarşilik kuçlarining 8 jangçisi yaralangan. Qarşilik kuçlari harbiylardan öqotar qurol va öq-dorilarini tortib olgaç, postga öt qöygan.
Magueydagi politsiya postiga hujum vaqtida esa 5 politsiyaçi halok bölgan, qarşilik kuçlarining 3 jangçisi yaralangan. Voqea joyiga qöşimça kuç sifatida yuborilgan 30 politsiyaçi pistirmadan öldirilgan.
Myanmada 1 fevralga ötar keçasi harbiylar davlat töntaruvi amalga oşirgandi. Mamlakat prezidenti Min Vin va boş vazir Aun San Su Ji hokimiyatdan çetlatilib, hibsga olingandi. Şundan keyin Myanmada harbiy xuntaga qarşi norozilik namoyişlari boşlangandi. Avgust örtasidagi ma'lumotlarga köra, namoyişlar vaqtida halok bölgan fuqarolar soni 1006 nafarga yetgan.












