Prokuratura boşliği Federiko Erreraning ta'kidlaşiça, voqea yuz bergan Mateuala şahriga tergov ötkaziş va öğirlab ketilgan xorijliklarni topişda yordam beriş uçun prokuratura xodimlari jönatilgan.
Guvohlarning ma'lum qilişiça, bosqinçilar mehmonxonaga 3ta avtomobilda kelib, xorijliklarni noma'lum yönalişda olib ketişgan. Ta'kidlanişiça, öğirlangan xorijliklar orasida Haiti va Venesuela fuqarolari bor.
Har yil zarur hujjatlarsiz bölgan yuz minglab muhojirlar Meksika orqali AQŞga ötişga harakat qiladi. Ular bu yölda köpinça jinoiy guruhlar va odam savdogarlari qurbonlariga aylanadi. 29 avgustda Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador hukumat migratsiya oqimini töxtatişni davom ettirişini, ammo buning uçun avvalambor odamlarni öz davlatlarini tark etişga majbur qiluvçi muammolarni hal qiliş lozimligini aytgan.












