Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi hamda poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda narkotik moddalar savdosi bilan şuğullangan xorij fuqarolari foş etildi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 12 iyun kuni Özbekistonga kelgan Ukrainaning 1994, 1997 va 2001 yillarda tuğilgan uç nafar fuqarosi vaqtinçalik istiqomat qilayotgan Yaşnobod tumanidagi ikki xonadon xolislar iştirokida közdan keçirilgan.
Tekşiruv davomida ular poytaxtning turli hududlarida «zakladka» usulida tarqatiş uçun tayyorlab qöygan narkotik moddalar aniqlangan.
Ulardan musodara qilingan giyohvandlik vositalari orasida «gaşiş», «mefedron» va «alfa-PVP» bölib, ularning umumiy oğirligi 1 kilogramm 945 grammni taşkil etgan.
Şuningdek, internet orqali faoliyat yurituvçi narkodökon taşkilotçilari tomonidan mazkur şaxslarga keyinçalik qayta qadoqlab tarqatiş uçun xufiya joyda qoldirilgan yana 460 gramm «mefedron» va «alfa-PVP» ham aşyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ularga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan bölib, tergov harakatlari davom etmoqda.

















