Tadbirda aytilişiça, 2021 yilning şu davriga qadar vazirlikka jismoniy va yuridik şaxslardan jami 59 ming 960 ta murojaat kelib tuşgan. Bu esa ötgan yilning şu davriga nisbatan 3 baravarga kam.
Vazirlikka yuborilayotgan murojaatlarning katta qismi Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Farğona viloyatlariga töğri kelmoqda.
Matbuot anjumani davomida jurnalistlar mahalliy rahbarlar tumanning «qizil» va «sariq» hududga kirib qolmasligi uçun «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoşlar daftari»ga röyxatga olişda ayrim hollarda haqiqiy muhtojlar murojaatini e'tiborsiz qoldirayotgani borasida ham savol berdi.

«Men bu tartibni xalqaro darajada ham örganib çiqqanman. Haqiqatan «qizil», «sariq» va «yaşil» toifaga kirgan hududlar uçun alohida qarorlar qabul qilinadi. Bunda bir toifadagi tuman uçun çiqarilgan qaror ikkinçi tumanga töğri kelmasligi mumkin.
Bu borada bizda hali kamçiliklar bor, buni tan olaman. Özim ham yoz oylarida Surxondaryoning Denov tumanida örganiş ötkazdim. U yerda kördimki, mahalla raislari aholisi tomonidan qilingan murojaatlarni ariza tarzida rahbarlarga olib keladi. Men öşa joyda şunday holatni kördimki, ayrim mas'ullar buni kiriting, buni kiritmang deya röyxatlarni saralab çiqişadi.
Bu jarayonda haqiqatan ham odam köpayib ketmasin, özimizga muammo olib keladi degan gaplar böladi. Şuning uçun ham men öşa joyda köproq muddat qolib işladim.
Siz aytgandek, özi kiçik köringan, lekin katta muammolarga olib kelayotgan masalalar bor va ularni nazoratga olişga harakat qilyapmiz», – dedi vazirlik boşqarma boşliği Dilorom Qöziyeva.












