Jazoir hukumati mamlakat sobiq prezidenti Abdulaziz Buteflikaning vafoti munosabati bilan uç kunlik motam e'lon qildi.
"Prezident Abdulmajid Tebbun şanba kunidan boşlab butun mamlakat hududidagi bayroqlar tuşirilişi töğrisida farmoyiş berdi", - deyiladi xabarda.
Buteflika Jazoirni 1999 yildan 2019 yilgaça – 20 yil davomida boşqargandi.
U 26 yoşida Jazoir taşqi işlar vaziri lavozimini egallab, dunyodagi eng yoş taşqi işlar vaziri bölgan.
Buteflika fransuz mustamlakaçilariga qarşi ozodlik kuraşining qahramonlaridan biri hisoblanadi.
U 2019 yil aprelda prezidentlik vakolatlaridan voz keçgandi.










