Janubiy Koreyada Özbekistondan E-9 vizasi asosida yuborilgan mehnat migrantlari bilan tuzilgan şartnomalar katta muhokamalarga sabab bölyapti. Işçilardan yozdirib olingan kafolat tilxatiga köra, ular iş joyini özgartirgan taqdirda har oy 2000 dollar jarima tölaşga majbur böladi. Faollar bunday talabni iqtisodiy va ruhiy jihatdan bosim ötkaziş deb baholamoqda.
Özbekistonda mehnat muhojirlarini Janubiy Koreyaga taşkiliy tarzda yuboriş tizimidagi korrupsiya böyiça katta tekşiruv ketayotgan bir paytda, Koreyaning özida ham bu masala jiddiy muhokamalarga sabab bölyapti.
“2000 dollarlik” jarima
Janubiy Koreya mediasi jamoatçilikka oşkor qilgan hujjatlarga köra, E-9 vizasiga ega özbekistonliklar öz vatanini tark etişdan avval Özbekiston Migratsiya agentligi bilan maxsus şartnoma va unga ilova qilingan kafolat tilxatlarini imzolaşga majbur bölgan. Tanqidçilar nazariga köra, bu hujjatlarning huquqiy tahlili ularning bir tomonlama va işçini iqtisodiy jihatdan qul qilib qöyişga qaratilganini körsatadi.
Şartnomaning eng munozarali bandi şundan iboratki, agar migrant Koreyadagi iş beruvçi hamda Özbekiston Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi yozma roziligisiz öz iş joyini özgartirsa, unga har oy 2000 dollar miqdorida jarima solinadi. Eng ajablanarlisi, bu jarimaning yuqori çegarasi belgilanmagan bölib, sanksiya işçi Özbekistonga qaytib kelguniga qadar har oy hisoblanişda davom etaveradi.

Şartnomaga nisbatan eng katta e’tirozlardan yana biri – iş joyini özgartirişga işçining özi sababçi bölmagan vaziyatlarda ham jarima qöllanişidir.
Pressian naşrining qayd etişiça, işçilar öz xohişi bilan emas, masalan, majburiy böşatilişi yoki iş yetişmagani sababli kompaniyani tark etişga majbur bölgan holatlarda ham ularga moliyaviy jazo yuklatilgan.
Kun.uz'ning e’tibor qaratişiça, 2024-yilning noyabr oyida Migratsiya agentligining rasmiy sahifasida e’lon qilingan postda ham qoidalar qattiqlaşgani keltirilgan. Xususan, iş joylarini asossiz va Koreyadagi vakolatxona bilan kelişmagan holda taşlab ketganlardan 2000 dollar miqdorida jarima undirilişi qayd etilgan. Bu xorijlik iş beruvçilarda özbekistonlik işçilarga nisbatan salbiy fikr uyğotişga qarşi çora sifatida izohlangan.
Xodimning ölimi
2026-yil 18-iyul kuni Ulsan şahridagi Hyundai Heavy Industries kemasozlik zavodida 26 yoşli özbekistonlik yigit B. fojiali tarzda halok bölgan. U kemani silliqlaş işlarini bajarayotgan paytda özi turgan kötaruvçi moslama bilan havoza orasida qisilib qolgan.
Vafot etgan işçining hamkasblari Pressian naşri muxbiriga aytişiça, marhum yigit avval ham bir neça bor jarohat olgan va şundan keyin kemasozlik zavodida işlaşdan qörqib qolgan. U iş şaroiti xavfli, maoş esa kam bölgani sabab boşqa zavodga ötişni doimiy ravişda xohlab kelgan. Biroq katta jarimalar sababli tösiqlarga duç kelgan.
20-iyul kuni Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxona rahbari Nurmatjon Komilov Hyundai Heavy Industries'ning Ulsandagi yotoqxonasiga borgan. Uçraşuvda işçilar öz noroziligini qat’iy tarzda bildirişgan. Ular: “Agar u heç bölmaganda bir marta boşqa zavodga ötiş imkoniga ega bölganida, vafot etmagan bölardi”, deya e’tiroz bildirişgan va adolatsiz kelişuvni hal qilib berişni talab qilişgan.
Voqea joyida bölgan Hyundai Heavy Industries huzuridagi Içki pudrat bölimi vakili Kim Song Hunning aytişiça, 100 nafardan ortiq özbekistonlik işçi öz noroziligini oçiqçasiga bildirgan. Uning sözlariga köra, Migratsiya agentligi hatto subpudratçi tomonidan işdan böşatilganlardan ham jarima tölaşni talab qilyapti. Uning fikriça, bu amalda işçilarga: “Ulsandagi Hyundai Heavy Industries’dan heç qaçon ketmaysan”, deyiş bilan barobar.
A. ismli işçi ham muammo jiddiyligini ta’kidlagan. “Turli holatlar bor: ayrimlarning soğliği bu işga töğri kelmayapti, ba’zi kompaniyalarda esa işning özi yöq. Biroq, bunday sabablar umuman inobatga olinmayapti”, degan u.
Tajriba loyihasi
Kemasozlik sanoatidagi kadrlar inqirozini hal qiliş maqsadida, Ulsan şahri ma’muriyati va Janubiy Koreya Bandlik va mehnat vazirligi hamkorligida “Kemasozlik sanoati uçun moslaştirilgan xorijiy işçi kuçini tayyorlaş böyiça tajriba loyihasi” işlab çiqilgan. Mazkur loyiha doirasida tajriba ötkaziş uçun Özbekiston bilan taşkiliy migratsiya sohasidagi hamkorlik tanlab olingan.
Hyundai Heavy Industries korporatsiyasining bevosita yordami va Ulsan şahri ma’muriyatining 1 milliard vonlik moliyaviy kömagi ostida, Farğona viloyatida “Ulsan global kadrlar tayyorlaş markazi” taşkil etilgan. 2026-yil iyun oyiga qadar mazkur dastur doirasida qariyb 380 kişi işga olib kelingan.
Pressian 27-iyul kuni Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi vakili bilan telefonda gaplaşgan. Vakilning sözlariga köra, korxona faoliyatini töxtatgan holatlarda, şuningdek, umurtqa diski çurrasi kabi kasalliklar sabab işlaşni davom ettirişning imkoni bölmagan holatlarda va tibbiy xulosa taqdim etilsa, şartnomaga imzo çekib kelgan migrantlarga ham iş joyini özgartirişga ruxsat beriladi. U bunday mazmundagi şartnoma nima uçun tuzilganligi haqidagi savolga javoban sönggi yillarda noqonuniy qolib ketiş bilan boğliq holatlar köpaygani hamda davlatning xalqaro imidjini saqlab qoliş zarurati haqida gapirgan.
Filippinlik işçilar bilan boğliq holat
Janubiy koreyalik advokat Ço Jeong Gyu maskur vaziyatni “majburiy mehnat va odam savdosiga teng”, deya baholagan. Uning sözlariga köra, bu – Koreya qişloq xöjaligi sohasiga Filippindan yollangan işçilar 2022-yilda duç kelgan “qoçib ketişni kafolatlovçi depozitlar” tizimiga öxşaydi.
2022-2024 yillarda Buyeo va boşqa bir neçta Janubiy Koreya munitsipalitetlari Filippin mahalliy hukumatlari bilan töğridan töğri şartnomalar tuzib, işçilar olib kelgan. Biroq, muhojirlarning ommaviy ravişda iş joyini taşlab, noqonuniy migrantlarga aylanib ketişining oldini oliş maqsadida munitsipalitetlar “çiqib ketiş kafolati” amaliyotini joriy qiladi. Bunda işçilar oylik maoşining 60 foizi muzlatilib, maxsus hisobvaraqqa ötkazib borilgan va bu mablağ ularga vataniga qaytayotgandagina berilişi belgilangan. Boşqa holatlarda, vositaçi brokerlar işçilarning pasportlari va bank kartalarini tortib olgan holda faoliyat körsatgan.
2024-yil oktyab oyida Janubiy Koreya Inson huquqlari milliy komissiyasi mazkur amaliyot yuzasidan özining yakuniy xulosasini e’lon qildi. Komissiya qaroriga köra, maoşni uşlab qoliş, pasportlarni olib qöyiş yoki qoçib ketmaslik uçun katta miqdorda kafolat puli talab qiliş – “mehnat ekspluatatsiyasi maqsadidagi odam savdosi” hisoblanadi.
Özbekistonlik E-9 işçilarining 2000 dollarlik jarima tilxatlari ham mohiyatan filippinlik işçilarning “çiqib ketiş kafolati” bilan aynan bir xil mexanizm ekaniga urğu berilyapti.
Huquq faollari katta jarimalar soliş orqali işçini bitta kompaniyaga boğlab qöyişni iqtisodiy nazorat vositasi, qoçib ketganlarning Özbekistondagi oila a’zolariga bosim ötkazilişini esa ruhiy nazorat vositasi sifatida malakalagan. Ta’kidlanişiça, bu – “odam savdosi qurbonlarini aniqlaş mezonlari”ga mos keladi.
Işçilarning bevosita xizmatidan foydalanayotgan Hyundai Heavy Industries korporatsiyasi mojaro yuzasidan izoh berar ekan, jarima tilxatlari haqida mutlaqo bexabar bölganini va bu jarayonda iştirok etmaganini ta’kidlagan. Kompaniyaning fikriça, bu hujjatlar Özbekiston hukumatining xorijdagi öz fuqarolarini boşqariş böyiça içki siyosati hisoblanadi va korporatsiya bunga aralaşiş huquqiga ega emas.
Janubiy Koreya Metallurgiya işçilari kasaba uyuşmasi esa keskin bayonot bilan çiqdi. Unda ta’kidlanişiça, “Ulsan modeli”ni işlab çiqqan va undan eng köp foyda körayotgan Ulsan şahri va Hyundai korporatsiyasi özlarini çetga olişi mutlaqo mantiqsizdir. Işçilar aynan ular yaratgan tizim orqali keltirilgan.
Janubiy Koreya hukumati aralaşuvi
Gender tengligi vazirligi va inson huquqlari taşkilotlarining bosimi ostida Koreya Bandlik va mehnat vazirligi yuqoridagi holatga jiddiy e’tibor qarata boşladi. Vazirlikning 8-avgust kuni e’lon qilingan bayonotida mazkur masala Özbekistonning Koreyadagi elçixonasi hamda Migratsiya agentligining vakolatxonasi bilan birgalikda örganilayotgani qayd etilgan.
Şuningdek, 6-avgust kuni Koreya Mehnat va bandlik vazirligi Rejalaştiriş va muvofiqlaştiriş boşqarmasi rahbari hamda Özbekiston bandlik va kambağallikni qisqartiriş vaziri örinbosari örtasidagi uçraşuvda mazkur tartibning adolatsizligi va uni zudtar takomillaştiriş talabi ilgari surilgan.
“Özbekiston hukumatidan imkon qadar tezroq rasmiy hujjat yuborib, muammoni bartaraf etişni talab qilamiz. Şuningdek, Özbekiston tomonining körayotgan çoralarini doimiy ravişda kuzatib boramiz va vaziyatdan kelib çiqib, zarur bölsa, qöşimça çoralar köramiz”, deyilgan Koreya mehnat vazirligi bayonotida.
Öz navbatida, Gender tengligi vazirligi ham özbekistonlik migrant işçilarning E-9 vizasi orqali mamlakatga kirib kelişida odam savdosi alomatlari borligini qayd etgan.










