22 sentabr Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan jahon miqyosida «Avtomobilsiz kun» sifatida belgilangan. Şu kuni avtotransport egalari avtomobil va mototsikllardan foydalanmasdan, soğlom turmuş tarzini tanlab, reja qilgan manzillariga velosiped yoki piyoda borişga harakat qilişadi. Bu bilan ular uşbu kunda soğlom turmuş tarziga oşno tutiniş barobarida heç bölmasa bir kunga havoni avtomobillardan çiqadigan zaharli gazlardan tozalaşga öz hissalarini qöşişni maqsad qilişadi.
Özbekistonda ham bugun köplab yurtdoşlarimiz özlarining şaxsiy avtotransportlaridan foydalanmasdan, piyoda va velosipedda harakatlanib, boşqa harakat iştirokçilariga ham bir kun avtomobilsiz yurişni, soğlom turmuş tarzini tanlaşni tavsiya qilişmoqda.
Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan Özbekiston boş vaziri örinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov işga avtomobilsiz borişdi, Abduhakimov velosipedda harakatlangan bölsa, Şermatov 10 km.ga yaqin masofani piyoda bosib ötdi.
Şerzod Şermatov piyoda bosib ötgan yölni uning feysbuk sahifasidagi onlayn translatsiyada tomoşa qiliş mumkin.
Bugun şuningdek, Turizm va sport vazirligi tomonidan #avtomobilsizbirkun çellenji uyuştirildi va unda vazir Aziz Abduhakimov ham iştirok etdi.
22 sentabr kuni vazirlik binosida turli korxona va taşkilotlar xodimlari, qolaversa turizm va sport mavzularini keng yoritib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari jam bölişdi. Ular Özbekiston boş vaziri örinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov boşçiligida #avtomobilsizbirkun çellenji doirasida vazirlik binosidan boşlab to Ekoparkkaça bölgan masofani velosipedda bosib ötişdi. Ular poytaxtning markaziy köçalari böylab qariyb 6 kilometr masofani bosib ötgan holda yurtdoşlar uçun öziga xos namuna vazifasini ötab berişdi.

«Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 22 sentabr Özbekistonda «Avtomobilsiz kun», deb belgilangan. Biz bu sanani ötgan yili ham keng nişonlaşga harakat qilganmiz. Bu yil esa «Avtomobilsiz kun» doirasidagi tadbirlarni yanada keng qamrovda taşkil etdik. Xususan, bu yil barça hududlarni, hattoki xorijdagi diplomatik korpuslarimizni ham uşbu sana munosabati bilan taşkil etilayotgan çellenjlarimizga jalb qildik.












