Hokim örinbosari - fermer, moliya boşliği - tadbirkor? Toşkent viloyatidagi ehtimoliy manfaatlar töqnaşuviga misollar
|23:29 / 23.09.202128 1197 min
Toşkent viloyatidagi hokimlik va boşqa davlat boşqaruv organlari mansabdorlarining ism-şariflari poytaxt va viloyat hududida oçilgan firmalar egalari va rahbarlarining ism-şariflari bilan mos kelmoqda. Bu tasodifmi yoki ular ayni bir şaxslarmi?
Toşkent viloyati hokimining şaharlar infratuzilmasini rivojlantiriş, obodonlashtirish va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Barhayot BaxtiyorjonoviçMeliyev hisoblanadi.
Şuningdek, oçiq ma'lumotlarga köra, «OSIYO OQSHOMI» MÇJning 50 foiz uluşiga Barhayot Baxtiyorjonoviç Meliyev egalik qiladi.
Toşkent viloyati hokimligining işlar boşqarmasi rahbari sifatida Abroljon ĞofuroviçSulaymanov faoliyat yuritadi.
Toşkent viloyatining Zangiota tumanida joylaşgan “EVOLUTION AGRONOMY” MÇJ rahbari va 50 foizlik uluşi egasi ham aynan Abroljon Ğofuroviç Sulaymanov qilib körsatilgan.
Viloyat hokimligi saytida hokimlikning Huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari böyiça guruhi rahbari sifatida Raxmatjon MaxamatoviçKuralov körsatilgan.
Şuningdek, avtomobillarga texnik va ta'mirlaş xizmatlarini körsatuvçi “BIZNES START DONIYOR” MÇJ rahbari va 100 foizlik uluş egasi ham Raxmatjon Maxamatoviç Kuralov hisoblanadi.
Toşkent viloyati hokimligining turizm va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça kotibiyat mudiri
Mavzuga oid
Farrux Anvaroviç
Raxmatullayev
hisoblanadi.
Toşkent viloyatining markazi — Nurafşon şahrida röyxatdan ötgan “RELAX TOUR” MÇJning 100 foiz uluşiga ham Farrux Anvaroviç Raxmatullayevegalik qiladi. Darvoqe, uşbu MÇJ turistik agentliklar faoliyati bilan şuğullanadi.
Toşkent viloyati hokimligining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça kotibiyati mudiri lavozimida Furqat QaxramonoviçKadirov işlab kelmoqda.
Oçiq ma'lumotlarda “DARHON AGRO KLAST” fermer xöjaligining rahbari va 100 foizlik uluşi egasi sifatida Furkat Kaxramanoviç Kadirov körsatilgan.
Ayni paytda Toşkent viloyati moliya boşqarmasi boşliği lavozimida Olimjon AxmedoviçXalikulov faoliyat yuritmoqda.
“SADAF DIYOR SAVDO” MÇJga rahbarlik va 100 foiz uluşiga egalik qiluvçi şaxsning ism-şarifi ham boşqarma boşliğiniki bilan aynan bir xil - Olimjon Axmedoviç Xalikulov.
Kadastr agentligi Toşkent viloyati boşqarmasi boşliği va viloyat markazi Nurafşon şahrida röyxatdan ötgan “SMART KADASTR” MÇJning 33,30 foiz uluşi egasining ham ism-şarifi Jasur Davlatboyeviç hisoblanadi.
Toşkent viloyatining tuman va şahar hokimliklari amaldorlari bilan boğliq öxşaşliklar ham talaygina.
Muzaffar Ğayratoviç Sulkayev – Angren şahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari sifatida ma'lum.
“ANGREN OBODONLASHTIRISH VA KÖKALAMZORLAŞTIRIŞ JAMĞARMASI” MÇJning 100 foiz uluşiga ham Muzaffar ĞayratoviçSulkayev egalik qiladi.
Böka tumani hokimining örinbosari – Investitsiya va taşqi savdo bölimi boşliği lavozimida Yunusali UmaraliyeviçInoqov işlab keladi.
Mazkur tumanda faoliyat yurituvçi “BÖKA AGRO PARK” fermer xöjaligi rahbari va 100 foizlik egasi ham Yunusali Umaraliyeviç Inoqov hisoblanadi.
Ohangaron tuman hokimining örinbosari – qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği Ikrom Jaloloviç Fayziyev bölgani holda, xuddi şunday ism-şarifga ega şaxs şu tumandagi “FAYZLI QORI-OTA” fermer xöjaligi rahbari ekani ma'lum böldi.
Ohangaron tumani hokimining yana bir örinbosari – xotin-qizlar qömitasi raisi sifatida Nasiba Akmalovna Gafurova faoliyat yuritib keladi.
Oçiq ma'lumotlarga köra, Ohangaron şahrida joylaşgan “BEXISHT IFORI” xususiy korxonasi rahbari va egasi ham Nasiba Akmalovna Gafurova hisoblanadi.
Maqolada eslangan amaldorlar va tadbirkorlarning aynan bir şaxs ekani böyiça tahririyatda tasdiqlangan ma'lumot mavjud emas. Bu masala suriştiruvlarning keyingi mavzusi bölsa ajab emas.
Ammo, başarti, ular bir şaxs bölib çiqsa, bir qator qonun hujjatlari buzilgan bölişi mumkin.
Xususan, “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonunning 21-moddasiga köra, hokim, uning örinbosarlari, hokimlikning boşqa xodimlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor şaxslari boşqa haq tölanadigan lavozimni egallaşlari mumkin emas. Yuqorida körilgan bir qator holatlarda esa mansabdorlar ta'sisçi bölişi bilan birga şu taşkilotning rahbari bölib çiqişi ham mumkin. Tadbirkorlik sub'yektiga rahbarlik esa bu alohida lavozim degani. Qonunga bunday taqiqni kiritişda amaldor asosiy işidan çalğib ketmasligi ham maqsad qilingan bölsa ajab emas.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi Qonunga köra, davlat organlari, ularning mansabdor şaxslari, şuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi qonunçilikda man etilgan boşqa şaxslar tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari bölişi mumkin emas.
Tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi qonunçilikda man etilgan toifalar röyxati Hukumat qarorida aniq belgilab qöyilgan. Unga köra, davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining, huquqni muhofaza qiliş organlarining xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş taqiqlanadi.
«Fermer xöjaligi töğrisida»gi Qonunning 3-moddasidafermer xöjaligi – ijaraga berilgan yer uçastkalaridan foydalangan holda qişloq xöjaligi mahsulotini yetiştiriş hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa faoliyat turlari bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub'yekti ekani aytiladi.
Uşbu Qonunning 4-moddasida fermer xöjaligining boşliği şu xöjalikning muassisi, ya'ni fermer hisoblanişi, boşqa yuridik va jismoniy şaxslar bilan munosabatlarda fermer xöjaligi nomidan ana şu xöjalik boşliği iş körişi belgilangan.
Bundan kelib çiqadiki, fermer xöjaligining muassisi bir vaqtning özida fermer va tadbirkor hisoblanadi.
Hozirça Özbekistonda davlat taşkilotlarining mansabdor şaxslariga mas'uliyati çeklangan jamiyat ta'sisçisi bölişga qat'iy taqiq yöq. Biroq, hokimlikning turizm böyiça vakolatli şaxsi bir vaqtning özida turizm sohasida faoliyat yurituvçi firmaning egasi bölib çiqişi, hokimlikda qişloq va suv xöjaligi böyiça vakolatli mansabdorning ayni vaqtda şu hududda fermer bölişi yoxud kadastr sohasi mas'ulining kadastr böyiça xizmat körsatuvçi xususiy tijoratçi taşkilot egasi bölişi, albatta, Özbekiston uçun uyatli holat hisoblanadi. Negaki, bunday qonunçilik bilan manfaatlar töqnaşuvi riskini bartaraf etişning umuman imkoni yöq.
Avvalroq, adliya vaziri Ruslanbek Davletov hozirça özbek amaldorlariga mas'uliyati çeklangan jamiyat ta'sisçisi bölişga taqiq mavjud emasligini, bugungi kundagi qonunçilik böyiça, bu tadbirkorlik faoliyati hisoblanmasligi, biroq bu tartib bizga töğri kelmasligi, vazirlik buni qayta körib çiqib, takliflar berayotganini ma'lum qilgandi.