Vazirlar Mahkamasining “Soliq tölovçilarni hisobga olişni yanada takomillaştiriş va qöşilgan qiymat soliğining örnini qoplaş tartibini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan intizomli soliq tölovçilarga örni qoplanişi lozim bölgan qöşilgan qiymat soliği summasini qaytariş tezlaştirilgan tartibda amalga oşirilişi belgilandi.
Soliq tölovçilarni QQS tölovçisi sifatida maxsus röyxatdan ötkazişning yangi tartibiga köra, soliq organlari tomonidan ularning faoliyati 7 kunlik muddatda avtomatlaştirilgan tizim orqali tahlildan ötkazilişi va soliq xavfining past, örta hamda yuqori darajalariga ajratilişi nazarda tutilgan.
Bunda:
- Soliq xavfi past darajada bölgan soliq tölovçilar töğridan töğri maxsus röyxatdan ötkaziladi va heç qanday soliq nazorati tadbirlari amalga oşirilmaydi;
- Soliq xavfi örta darajada bölgan soliq tölovçilar keyingi keladigan ön ikki oy içida soliq nazoratining tekşiruv tadbirlarini ötkaziş şarti bilan maxsus röyxatdan ötkaziladi;
- Soliq xavfining yuqori darajasiga tuşgan soliq tölovçilarning arizasi rad qilinişi yoki mavjud QQS guvohnomalari uşbu kamçiliklar bartaraf etilgunga qadar avtomatik ravişda vaqtinça töxtatilişi belgilandi.
2022 yil 1 yanvardan QQS tölovçilar va ustav jamğarmasida davlat uluşi 50 foizdan köproq miqdorda bölgan yuridik şaxslar uçun quyidagilar majburiy hisoblanadi:
- asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga oliş hamda öz ustav fondini şakllantiriş va kamaytiriş bilan boğliq barça operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlaştirilgan avtomat tizimida aks ettiriş;
- xöjalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlaş muddati tugagaç yöq qilinganda va hisobdan çiqarilganda 3 iş kunidan keçiktirmasdan “E-aktiv” AATda aks ettiriş.
- 2022 yil 1 yanvardan yuridik şaxslar tomonidan köçmas mulkni ijaraga beriş (oliş) yoki tekin foydalaniş şartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qöyiladi. Bunda hisobga qöyiş masofadan turib faqat elektron şaklda amalga oşiriladi.
Uşbu qaror qabul qilingan kundan boşlab 3 oydan söng kuçga kiradi.
Eslatib ötamiz, oldingi tartibga köra, soliq summasini soliq tölovçiga soliq organining soliq summasi örnini qoplaş töğrisidagi qarori asosida soliq summasini qoplaş (qaytariş) töğrisida ariza tuşgan sanadan e'tiboran oltmiş kundan, ma'lum hollarda esa yetti kundan keçiktirmay qaytariş belgilangandi.












