Adliya vazirligi tomonidan prezident hujjatlarining öz vaqtida va töliq ijro etilişi nazorat qilib boriladi. Bu haqda vazirlik Telegram-kanalida xabar berildi.

Ma'lum qilinişiça, prezident farmonlarining ijro etilmayotgani holati böyiça tezkor murojaat yöllaş uçun Adliya vazirligi tomonidan @ijronazorati_bot telegram boti işga tuşirilgan. Şuningdek, vazirlik öz vakolatlari doirasida kelib tuşgan murojaatlar asosida çoralar körib borişini ma'lum qildi.

“Sizning farovon hayot keçirişingiz uçun qabul qilingan prezident hujjatlari bajarilmayotganligi holatlariga befarq bölmang va özingiz duç kelgan şunday holatlar böyiça uşbu bot orqali murojaat yöllang. Bu bilan siz hujjatlarning amalda ijro etilişiga hissa qöşgan bölasiz”, deyiladi xabarda.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Murojaatnomasida Adliya vazirligiga qabul qilingan hujjatlarni mas'ullarga yetkaziş, amaliyotda qöllaşga kömaklaşiş va nazorat qiliş böyiça yangi tizim joriy etiş vazifasi topşirilgan edi.

Şuningdek, 2021 yil yanvar oyida oyida prezident boşçiligida ötkazilgan yiğilişda sönggi 4 yilda qabul qilingan 2 mingga yaqin farmon va qarorlarning ijrosi hudud va taşkilotlarda qoniqarli emasligi ta'kidlangan.

Yiğilişda qarorlar ijrosini nazorat qilişning eng unumli vositasi – jamoatçilik iştiroki va nazorati ekanligi qayd etilgan hamda jismoniy va yuridik şaxslarga prezident hujjatlari ijrosi yuzasidan murojaat qiliş imkonini beradigan mobil ilova işga tuşirilişi belgilangandi.

Bundan taşqari, Adliya vazirligiga Nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi, «Ijtimoiy fikr» markazi bilan birga aholi örtasida ijtimoiy sörovlar ötkaziş, qarorlar ijrosi va bunga xalq munosabatini örganiş vazifasi qöyilgan, bu maqsadlar uçun alohida grantlar joriy qilinişi aytilgan.