23 sentabr kuni 19 kişidan iborat alpinistlar guruhi Elbrus yonbağirlarida, 5400 metr balandlikda yöqolib qoldi. Guruhda Rossiyaning 11 regionidan kelgan, 30 yoşdan katta odamlar bölgan: ular professional alpinistlar bölmagan. FVVning Kabardin-Bolqoriya böyiça boş boşqarmasi ma'lumotiga köra, soat 17:00 atrofida turistlar ob-havo keskin yomonlaşgani haqida signal yuborişgan.

Şundan söng önlab qutqaruvçilar va 16ta texnika qidiruv işlariga kirişgan. Hududda şamol tezligi soniyasiga 40-70 metrga yetgan, qor yoğgan, havo harorati -20 darajaga tuşib ketgan, bir metrdan uzoqni körib bölmay qolgan, bu qutqaruv operatsiyasini murakkablaştirgan. Şuningdek, guruh tarqalib ketgani ham qidiruvni yanada qiyinlaştirgan.

«Elbrus toğidagi qidiruv-qutqaruv operatsiyasi çoğida alpinistlar guruhidan 14 kişi qutqarildi, ular ratraklarda [maxsus gusenitsali transport] Azau yalangligiga evakuatsiya qilindi va şifokorlarga topşirildi. Afsuski, beş kişi halok böldi», deya Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga asoslanib xabar bergan «Interfaks» agentligi.

FVVning Kabardin-Bolqoriya böyiça boş boşqarmasi boşliği Mixail Nadyojinning sözlariga köra, köplab alpinistlarda jarohatlar bor. «Deyarli hammada kuçli muzlaş belgilari bor. Ayrimlarning qöl-oyoqlari singan. Şifokorlar hozir ularni deyarli 4000 metr balandlikda qabul qilib olgan», degan u TASS agentligiga.

Nadyojin qutqaruv operatsiyasi yakunlangani, bu jarayon yetti soatdan ortiqroq vaqt davom etganini qöşimça qilgan. Odamlarning halok bölişi yuzasidan xavfsizlik talablariga rioya qilinmasdan xizmat körsatiş moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan.

Aynan nima sodir böldi?
Avvalroq qidiruv-qutqaruv otryadi xodimi TASS muxbiri bilan suhbatda guruhga hamrohlik qilgan gid uni taşlab ketgani haqida xabar bergandi. «Odamlarni bu yerga olib kelgan gid ularni toğ yuqorisida qoldirib, özi pastga tuşgan, biz uni yölda uçratdik. Bizdan pastroqda ikkita çiroq körinyapti, umid qilamizki, ularni ham qutqaramiz», degan maxsus otryad vakili.

Ammo safar taşkilotçilaridan biri, Elbrus.guide klubi vakili Denis Alimov TASS va «Interfaks» uçun bergan ma'lumotida guruhga tört nafar professional alpinist hamrohlik qilgani va ular odamlarni qutqariş uçun bor imkoniyatlarini işga solişganini aytib ötgan. Ularning marşruti FXX tomonidan röyxatga olingan bölgan.

Alimovning sözlariga köra, guruhda dastlab 20 kişi bölgan - 16 iştirokçi va tört nafar gid. «Guruh yölga otlanganida, kuçli şamol bölgan, ammo ob-havo barqaror edi, heç qanday keçikiş bölmadi», degan u.