Özbekistonlik Şarof Egamberdiyev, Eldor Ğafurov, Nodir Dadaxonov va Andrey Tarantin ham bölgan guruh ötgan haftada 5642 metr balandlikka kötarilgan.

Mysterious Uzbekistan kanalida çöqqi tomon yuriş va uning zabt etilişi aks etgan suratlar joylaştirilgan.

Ular olti oy oldin Afrikaning eng yuqori nuqtasi, dengiz sathidan 5895 metr balandlikdagi Kilimanjaro çöqqisiga çiqişgandi.

Kavkaz toğlarida (Rossiya Federatsiyasi hududida) joylaşgan Elbrus toği çöqqisi butun qit’aning eng yuqori nuqtasi hisoblanadi. 5642 metr balandlikni zabt etgan alpinistlar oppoq qorlar va bulutlarga öralib yotgan manzarani maroq bilan tomoşa qilişlari mumkin.