O‘zbekiston | 12:58 / 25.09.2021
9888
4 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda 1723 nafar mansabdor shaxs korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan – Akmal Burhonov

2021 yil 24 sentyabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov “O‘zbekiston milliy manfaatlariga va xalqaro imijiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil etish to‘g‘risida”gi axborotni taqdim etdi.

Foto: KUN.UZ

Ma'lum qilinishicha, 2020 yilda korrupsiyaviy jinoyatlar bo‘yicha jami 1723 nafar, shundan 9 nafar respublika darajasidagi, 45 nafar viloyat darajasidagi, 1669 nafar tuman va shahar darajasidagi mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan va korrupsiya oqibatida yetkazilgan 500 mlrd so‘mlik moddiy zararning 71 foizi yoki 355 mlrd so‘mi aybdorlardan tergov davomida undirilgan.

2020 yilda aniqlangan korrupsion jinoyatlar sodir etgan mansabdor shaxslarning eng katta qismini, ya'ni 835 nafar shaxs (48,5 foiz) JKning 167-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar tashkil qilgan. Shuningdek, JKning 168-moddasi bilan 227 nafar shaxs, 184-moddasi bilan 207 nafar shaxs, 210-moddasi bilan 105 nafar shaxs, 205-moddasi bilan 58 nafar shaxs, 206-moddasi bilan 31 nafar shaxs, 207-moddasi bilan 25 nafar shaxs, 209-moddasi bilan 16 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

2020 yil davomida mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan davlat organlari va tashkilotlari kesimida o‘tkazilgan tahlil davomida aniqlanishicha, 249 nafar Xalq ta'limi vazirligi, 166 nafar Sog‘liqni saqlash vazirligi 166 nafar, 78 nafar bank, 70 nafar Maktabgacha ta'lim vazirligi, 53 nafar Yergeodezkadastr qo‘mitasi, 31 nafar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, 31 nafar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, 18 nafar hokim o‘rinbosarlari, 18 nafar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, 13 nafar DSQ, 7 nafar Mudofaa vazirligi, 3 nafar sudya, 3 nafar Arxitektura qo‘mitasi, 2 nafar Adliya vazirligi, 947 nafar boshqa vazirlik va idoralar mansabdor shaxslari korrupsiyaviy jinoyatlar bilan javobgarlikka tortilgan.

2020 yil davomida jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar faoliyat yuritgan hududlar kesimida tahlil qilinganida, Toshkent viloyatida 245 ta, Samarqand viloyatida 173 ta, Jizzax viloyatida 170 ta, Surxondaryo viloyatida 130 ta, Farg‘ona viloyatida 152 ta, Namangan viloyatida 109 ta, Andijon viloyatida 100 ta, Qashqadaryo viloyatida 95 ta, Sirdaryo viloyatida 85 ta, Xorazm viloyatida 79 ta, Toshkent shahrida 78 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 78 ta, Navoiy viloyatida 51 ta, Buxoro viloyatida 19 ta mansabdorlik jinoyatlari qayd etilgan.

2021 yilning 6 oyi mobaynida 2544 nafar mansabdor shaxsga nisbatan korrupsiya holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan 1676 ta jinoyat ishlari tergov qilinib, sudlarga yuborilgan.

2021 yilning 6 oyi davomida aniqlangan korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdor shaxslarning eng katta qismini (1297 nafar shaxs – 51 foiz) JKning 167-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar tashkil qilgan. Shuningdek, JKning 168-moddasi bilan 420 nafar, 210-moddasi bilan 80 nafar, 205-moddasi bilan 58 nafar, 206-moddasi bilan 4 nafar, 209-moddasi bilan 18 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

2021 yil 6 oyi davomida mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan davlat organlari va tashkilotlari kesimida o‘tkazilgan tahlil davomida aniqlanishicha, 107 nafar Sog‘liqni saqlash vazirligi, 74 nafar Xalq ta'limi vazirligi, 69 nafar davlat ulushi bo‘lgan korxonalar, 66 nafar bank, 64 nafar Maktabgacha ta'lim vazirligi, 55 nafar Transport vazirligi, 32 nafar Energetika vazirligi, 26 nafar Suv xo‘jaligi vazirligi, 26 nafar Mehnat vazirligi, 24 nafar Kadastr agentligi, 23 nafar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, 15 nafar Madaniyat vazirligi, 15 nafar Davlat soliq qo‘mitasi, 14 nafar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, 13 nafar Qishloq xo‘jaligi vazirligi, 10 nafar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, 9 nafar hokim o‘rinbosarlari, 9 nafar Moliya vazirligi, 5 nafar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, 4 nafar Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mansabdor shaxslari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Sud yakunlari bo‘yicha korrupsiyaga oid jinoyat ishlari bo‘yicha 592,5 mlrd so‘m moddiy zarar yetkazilgani aniqlanib, shundan 170,8 mlrd so‘mi (28 foizi) undirilib, 421,7 mlrd so‘mi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan undirilishi belgilangan.

Mavzuga oid