Suriyada 2011 yil martdan 2021 yil martgaça bölgan davr mobaynida 350 mingdan ortiq kişi öldirilgan. Bu haqda BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Mişel Baçelet ma'lum qildi.
“Biz Suriyadagi nizo davomida 2011 yil martdan 2021 yil martgaça 350 ming 209 nafar şaxs öldirilganini aniqladik”, – dedi oliy komissar.
Baçeletning sözlariga köra, ularning 26 ming 727 nafarini ayollar va 27 ming 126 nafarini bolalar taşkil etadi.
Eng köp halok bölganlar Halab viloyatiga töğri keladi: 51 ming 731 kişi. Keyingi örinlarda Damaşq atrofidagi qişloqlar (47 ming 483 kişi), Xoms (40 ming 986 kişi), Idlib (33 ming 271 kişi), Homa (31 ming 993 kişi) va Tartus (31 ming 369 kişi) joylaşgan.
Baçeletning izoh berişiça, uşbu statistika puxta tekşiruvlarga asoslangan, ammo bu ma'lumotlarni nizo qurbonlarining töliq röyxati deb qabul qilmaslik lozim.
Uning sözlariga köra, gap faqat tekşiruvlarda aniqlangan miqdor haqida bölib, qurbonlarning haqiqiy soni bundan köp.














