Yaqinlaringiz sizga xorijdan öşa davlat valutasida mablağ ötkazişdi. Buning uçun siz bankka borib navbat kutişni va pulni olgaç uni öz valutangizga almaştirişni öylamaysiz. Kartaga tuşgan pulni istalgan vaqtda, istalgan valutada eng yaqin bankomatdan naqdlaştirib oliş mumkin.
MasterCard nima özi?
MasterCard — dunyoning 210 ta davlatida 22 mingta moliyaviy taşkilotni birlaştiruvçi xalqaro tölov tizimi. Kompaniya boş qarorgohi AQŞning Nyu-York ştatida joylaşgan. 1966 yilda taşkil topgan MasterCard kompaniyasi dunyodagi eng tan olingan brendlardan bölib, u tezkor xarid qiliş qobiliyatini, butun dunyo böylab depozitlarga kiriş qulayligi va xavfsizligi, şuningdek, tölovning moslaşuvçan variantlarini ifodalaydi.
MasterCard kartalari dunyo böylab millionlab joylarda qabul qilinadi. U bilan tölovlarni amalga oşiriş uçun bir neça soniya kerak, xolos. Tölov tizimi orqali bir yilda 22 mlrd.ga yaqin operatsiyalar amalga oşiriladi.
MasterCard nimadan va qanday daromad qiladi?
Tizim dunyoning 210 dan ortiq davlatida hukumatlar, korxonalar, tadbirkorlar, moliya institutlari va oddiy iste'molçilarni özaro boğlab turuvçi rişta hisoblanadi.
MasterCard daromadining asosiy manbai bu — emitentlarga har bir kartadagi pul hajmiga qarab dollar miqdorida narxlanadi. Ya'ni, bu emitentlar tijorat banklari, korxonalar va davlatlar bölişi mumkin. Masalan, har bir tranzaksiya uçun tijorat banklaridan muayyan komissiya tölovi undiriladi.
Oddiy iste'molçilardan esa heç qanday tölov olinmaydi.
MasterCard brendi an'anaviy bankomat kartalarini takomillaştirib, karta egalariga dunyoning qaysi burçagida bölişidan qat'i nazar, pullarini xavfsiz saqlaş va işlata oliş imkoniyatini beradi. Kompaniyaning tölov tizimida dunyo böylab 30 mln.ga yaqin sotiş tarmoqlari ulangan. Kompaniya mijozlarini turli imtiyozlar, bonuslar va çegirmalar bilan tez-tez siylab turişi uning mijozlari yanada köpayişiga sabab böladi.











