Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronga Liondagi Eurexpo körgazmasiga taşrifi vaqtida tuxumga öxşaş buyum uloqtirildi. Buyumni uloqtirgan erkak qölga olingan, deb xabar berdi Lyon Mag naşri.

Buyum Makronning yelkasiga tegib, undan qaytgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, uloqtirilgan buyum suvda pişirilgan tuxum bölgan.

Tuxumni uloqtirgan şaxs 20 yoşli yigit bölgan. U tuxumni otişdan oldin “Yaşasin inqilob!” deb hayqirgan. U uşlanib, qöllariga kişan taqilgan. Naşrning ta'kidlaşiça, Makron yigit buni nima sababdan qilganini biliş uçun u bilan gaplaşişni söragan.

Iyulda 28 yoşli Damiyen Tarel Makron Drom departamentida aholi bilan muloqot qilayotgan vaqtda uning yuziga tarsaki tuşirgan. Keyinroq erkak “hokimiyat vakiliga” hujum qilişda aybdor deb topilib, 4 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingan.