Litvaning Kaunas şahrida fitnes va bodibilding böyiça 28-jahon çempionati öz yakuniga yetdi. Uşbu musobaqa Butunjahon fitnes federatsiyasi va Butunjahon bodibilding federatsiyasi boşçiligida ötadi.

E'tiborlisi, 25 dan köproq davlat vakillari iştirok etgan bu musobaqadan yurtimiz vakillari quruq qöl bilan qaytişmadi. Ular Özbekiston tarixida uşbu sport turlari tarixidagi rekord miqdordagi medallar şodasini qölga kiritişdi. Özbekistonning bodibilding va fitnes terma jamoasi safiga 6 nafar sportçi kiritilgandi. Özbekiston delegatsiyasiga Butunjahon fitnes va bodibilding federatsiyasi prezidenti Sergey Medvedev boşçilik qildi. 

Sportçilarimiz umumiy hisobda 13 ta medalni qölga kiritişdi. Jumladan, Yelena Lisitskaya musobaqaning 3 ta oldin medalini qölga kiritib, fitnes böyiça 3 karra jahon çempioni böldi. Şuningdek, Gulnoza Niyazimbetova oltin va bronza medallarni, Lyudmila Bogatyr va Ilya Urazmetov oltin va kumuş medallarni, Larisa Rusakeviç va Aleksandr Saxarov kumuş va bronza medallarni qölga kiritişdi.

"Bizning jamoa 3 oy avval şakllantirildi va bu vaqt içida sportçilar mamlakatimizni çempionatda munosib taqdim qiliş uçun astoydil tayyorlandilar. Uşbu ğalaba sportçilarimizni yanada ilhomlantirdi va biz olğa boriş istagidamiz. Keyingi yil bahorida Yevropa oçiq çempionatida iştirok etmoqçimiz. Va albatta fitnes va bodibilding Olimpiya sport turlariga kiritilişini orzu qilib qolamiz", deb aytdi Medvedev.