2020 yil davomida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlarining xizmat kvartiralarini ta'mirlaş uçun 1,2 mlrd söm sarflangan, deb yozmoqda Anhor.uz naşri.

Qayd etilişiça, ayni maqsad uçun 2020 yilning 27 aprelida tuzilgan ilk şartnoma böyiça ta'mirlaş işlari 696 mln sömga baholangan. 28 apreldagi ikkinçi şartnoma böyiça bajariladigan işlar miqdori 550 mln söm qilib körsatilgan.

Birinçi şartnomaga muvofiq Toşkent şahrining Yaşnobod tumanidagi 4ta, Mirobod tumanida joylaşgan 21ta kvartira ta'mirlangan. Hujjatlarda ta'mirlaş işlari 2020 yilning 15 mayida yakuniga yetgani qayd etilgan. Kvartiralar “Sarvar Komila sifat qurilish” MÇJ tomonidan ta'mirlangan. Yuridik şaxslar reyestridagi ma'lumotlarga köra, uşbu kompaniyaning asosiy faoliyat turi – boşqa pardoz işlari. Ustav jamğarmasi – 463 million söm, muassis – Karimov Bekzod Telmanoviç (100 foiz).

Ikkinçi şartnomada ta'mirlanişi kerak bölgan kvartiralar soni körsatilmagan. Biroq uşbu xizmat xonadonlari Toşkent şahrining Şayxontohur, Olmazor, Yunusobod, Uçtepa, Mirzo Uluğbek va Çilonzor tumanlarida joylaşgani qayd etilgan. Şartnomada olinişi közda tutilgan vanna va boşqa jihozlar sonidan ta'mirlanişi lozim bölgan kvartiralar 21ta bölganini taxmin qiliş mumkin. 2020 yilning 20 mayida tugallanişi belgilangan ta'mirlaş işlari bilan “Buyuk quruvchi” MÇJ şuğullangan. Uşbu korxona Toşkent viloyatida röyxatga olingan bölib, asosiy faoliyat turi – turar joylar qurilişi hisoblanadi. Rasulbekov Ravşan Şuhratbekoviç tomonidan ta'sis etilgan jamiyatning ustav jamğarmasi 6 million sömni taşkil etadi.

Hujjatlarga köra, deputatlarga vakolat muddati davomida foydalaniş uçun berilgan uşbu kvartiralarda şiftlar va devorlarni böyaş, metall eşiklar, eşik va deraza bloklarini örnatiş, pollarni linoleum bilan, devorlarni keramik plita bilan qoplaş, santexnika va elektr montaj işlari va hokazolar amalga oşirilgan.

Eslatib ötamiz, ta'mirlaş işlari amalga oşirilgan vaqt – 2020 yilning aprel-may oylarida Özbekistonda kuçaytirilgan karantin rejimi joriy etilgan, deyarli barça davlat idoralari, jumladan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi ham bu paytda onlayn rejimda faoliyat yuritayotgan edi.